Kontent qismiga oʻtish

Aras Bulut İynemli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aras Bulut İynemli
Tavalludi 25-avgust 1990-yil (1990-08-25) (33 yosh)
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Kasbi aktyor, model
Faoliyat yillari 2009-hozir

Aras Bulut İynemli (turkcha: Aras Bulut İynemli, 1990-yil 25-avgustda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor va model[1].

Katta akasi teatr aktyori va katta opasi ovozli rassom boʻlgan Aras Bulut İynemli, Beshiktosh Anadolu Litseyini tamomlagan va Istanbul Texnik Universitetida Aviatsiya Muhandisligi boʻyicha tahsil olgan.[2]

Dastlabki faoliyatini reklamalarda rol oʻynashdan boshlagan Aras Bulut 2010-yilda Öyle Bir Geçer Zaman ki serialida rol ijro etdi. Serial muvaffaqqiyatli chiqdi va aktorlar qatorida u ham taqdirlandi. Aras Turkiya universitetiga kirish imtihonida kuchli 100 talik ichidan oʻrin oldi. Istanbul Texnika Universitetining aviatsiya muhandisligi boʻlimida oʻqishini davom ettirdi[3]. 2011-yilda filmdagi faoliyatida shuhrat qozona boshladi va 20 yoshida ikkkinchi plandagi eng yaxshi aktor mukofotini qoʻlga kiritdi.

2013-yilda Elçin Efendiyev romani asosida ishlangan Mahmut and Meryem ozarbayjon-turk filmida rol ijro etdi[4]. Bundan tashqari amam mıyız? filmidagi nogiron bola, Muhtasham yuz yil serialida Şehzade Bayezid rollari orqali tanila boshladi. 2015-yilda En Güzel Hikayem filmidagi bosh erkak roli uchun taqdirlandi. 2016—2017-yillarda Ichkarida filmida Umut Yılmaz / Mert Karadağ, 2017-yilda Chuqur serialida Yamaç Koçovalı obrazlari orqali mashhurlikka erishdi. 2019-yilda Koğuştaki Mucize filmida qotillik uchun nohaq qamalgan ruhiy kasal ota rolini ijro etish orqali Turkiyada tomosha rekordini yangiladi[5].

Yil Loyiha Rol Izohlar va mukofotlar
2009 Arka Sokaklar Şeref Mehmon rol
2010-2013 Öyle Bir Geçer Zaman ki Mete Akarsu Yordamchi rol
2013-2014 Muhtasham yuz yil Shahzoda Boyazid Yordamchi rol
2015 Maral: En Güzel Hikayem Sarp Altan Bosh rol
2016-2017 Ichkarida Umut Yılmaz / Mert Karadağ Bosh rol
2017-günümüz Chuqur Yamaç Koçovalı Bosh rol
2019 Toʻqnashuv Yamaç Koçovalı Mehmon rol
Yil Loyiha Rol Izohlar va mukofotlar
2013 Mahmut ile Meryem Mahmut Bosh rol
2013 Tamam mıyız? İhsan Bosh rol
2017 Martıların Efendisi Ateş Mehmon rol
2019 7. Koğuştaki Mucize Memo Bosh rol
Yil Loyiha Rol Izohlar va mukofotlar
2010 Sprite Oʻzi Bosh rol
2010 GNC Türkcell Oʻzi Bosh rol
2010 Patos Beren Saat bilan Yordamchi rol
2017 Defacto Hande Erçel bilan Bosh rol
2018 Defacto Aslı Enver bilan Bosh rol
2019 Fiat Egea Oʻzi Bosh rol