Arar chegara punkti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arar chegara punkti
Arar chegara punkti

Arar (arabcha: عرعر ʿArʿar  ar) Saudiya Arabistoni va Iroq oʻrtasidagi chegara oʻtish joyidir. Saudiya Arabistonidagi eng yaqin shahar Arar (‘Arʼar) va Iroqdagi eng yaqin shahar — Nuxayb. Oʻtish joyida Iroq chegarachilari uchun kazarmalar, masjid va chegaradan oʻtayotgan odamlarni tekshirish idoralari mavjud. Oʻtish punktida Haj ziyorati vaqtida Iroqliklar Makkani ziyorat qilish uchun Saudiya Arabistoniga oʻtishi munosabati bilan katta tirbandliklar kuzatiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 5-yanvarida Saudiya Arabistoni qo‘shinlari o‘tish joyida IShIDning xudkushlik hujumiga uchragan[1]. Hujumda ikki nafar chegarachi halok boʻlgan[1].

Fors koʻrfazidagi urush munosabati bilan yopilgan Arar chegara punkti 30 yildan soʻng, 2020-yil 18-noyabrda qayta ochilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Two Saudi guards killed in suicide attack on Iraq border“ (2015-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  2. „Iraq, Saudi Arabia reopen Arar border crossing after 30 years“. Al Jazeera (2020-yil 18-noyabr).

Koordinatalari: 31°21′30″N 41°26′35″E / 31.358351°N 41.443128°E / 31.358351; 41.443128 G O