Kontent qismiga oʻtish

Anvar Gʻaniyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvar Gʻaniyev
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 19-yanvar 1966-yil (1966-01-19) (58 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Xonanda, aktyor
Taʼlimi Toshkent madaniyat instituti
Mukofotlari

Anvar Gʻaniyev (1966-yil 19-yanvar, Toshkent viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2001).

Anvar Gʻaniyev 1966-yil 19-yanvarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. U oʻrta maktabda oʻqiyotgan vaqtidan boshlab musiqa maktabiga boradi va u yerda akkordeon cholgʻusini ijro etishni oʻrganadi. Oʻrta maktabni bitirib, Toshkent madaniyat institutiga (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) oʻqishga kiradi[1].

Xonandalik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Gʻaniyev Oʻzbekiston telekanalida efirga uzatilgan „Koʻngil koʻchalari“ filmida „Koʻnglim“ nomli qoʻshigʻini ijro etadi va shu orqali mashhurlikka erishadi. Uning ijodida 300 ortiq qoʻshiqlar kuylagan boʻlib[1], ular orasida „O‘zim hofiz sevgan yorim to‘yida“, „Oh sevaman“, „Malikam“, „Armon“, „Ko‘nglima“, „Sog‘indim“ va „Jayron“ kabi qoʻshiqlari mashhur. U 2017-yilda “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Kutganim” nomli konsert bergan[2].

Qoʻshiqlari[3]
Yil Nomi Shoir Bastakor Izoh
2024 Orzularim
Maylimi
2023 Jigarlarim bor boʻling
2022 Qarib quyilmaganlar
2021 Yerdagi qadrim Dildora Kunuzoqova bilan duet
Dil rozi Dildora Kunuzoqova bilan duet
2019 Ona Dildora Kunuzoqova bilan duet
2018 Sogʻinganda Mavluda Asalxoʻjayeva bilan duet
2016 Oʻrtama yuragimni Mavluda Asalxoʻjayeva bilan duet
Qadringga yetmadim, malikam [4]
O‘zim hofiz sevgan yorim to‘yida [2][4]
Oh sevaman [2][4]
Armon [2][4]
Ko‘nglima [2][4]
Sog‘indim [2][4]
Jayron [2][4]
Koʻnglim [2][4]

Aktyorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Gʻaniyev bir qancha oʻzbek seriallarida suratga tushgan. Jumladan, Sanʼat Qayumovning „Nikoh uzugi“, Zebo Navroʻzovaning „Doʻstimning toʻyi“ va Feruze Egamberdiyevaning „Saboq“ kabi filmlarda rol oʻynagan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 muz.uz. „ANVAR GANIYEV“. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Daryo.uz. „Anvar G‘aniyev to‘yda biqiniga xanjar tiqishgani haqida gapirib berdi (video)“ (2020-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  3. RizaNova. „Anvar G'aniyev“. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 Daryo.uz. „Anvar G‘aniyev qo‘shig‘iga Iroda Nosirova suratga olgan klipning “zapret”ga uchragani haqda gapirib berdi (video)“ (2020-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.