Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari

Fransuzcha nashrning muqovasi
Asl nomi Mirifiques Aventures de Maître Antifer
Muallif(lar) Jules Verne
Tarjimon(lar) Erkin Mirobidov
Til fransuzcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1894
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1969
Sahifalar soni 406

„Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari“ (fransuzcha: Mirifiques Aventures de Maître Antifer) — fransuz yozuvchisi Jules Verne qalamiga mansub sarguzasht roman. Ilk bor 1894-yil nashr qilingan. Asarda qahramonlarning nomaʼlum dengizdagi noʻmalum orolga koʻmilgan xazinani izlab boshdan kechirgan sarguzashtlari hikoya qilinadi. Asarni oʻzbek tiliga Erkin Mirobidov tarjima qilgan.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanda turk boyvachcha Kamylk-Pacha (talaffuzi: Kamulk poshsho) umr boʻyi toʻplagan boyliklarini nomaʼlum orolda yashiradi. Oradan oʻttiz yil oʻtib yashirilgan boyliklar haqida Pierre-Servan-Malo Antifer (talaffuzi: Pyer-Servan-Malo Antifer) xabar topadi va ularni izlashga otlanadi. Asarda Antifer togʻaning ushbu xazinani izlab boshdan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pierre-Servan-Malo Antifer (talaffuzi: Pyer-Servan-Malo Antifer) – sohil boʻylab suzuvchi kemaning sobiq kapitani
  • Gildas Trégomain (talaffuzi: Jildas Tregomen) – Antiferning doʻsti
  • Juhel (talaffuzi: Jyuel) – Antiferning jiyani
  • Nanon (talaffuzi: Nanon) – Antiferning opasi
  • Énogate (talaffuzi: Enogat) – Nanonning qizi, Juhelning sevgilisi
  • Kamylk-Pacha (talaffuzi: Kamulk poshsho) – vasiyatchi boyvachcha
  • Ben-Omar (talaffuzi: Binni Umar) – notarius
  • Zambuco (talaffuzi: Zambuko) – bankchi
  • Mourad (talaffuzi: Murod) – Kamylk-Pachaning dushmani
  • Saouk (talaffuzi: Souk) – Mouradning oʻgʻli

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni oʻzbek tiliga Saʼdulla Karomatov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1969-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Roman oxirida rus adabiyotshunosi Yevgeniy Brandisning Jules Verne hamda uning „Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari“ romani haqidagi maqolasi keltirilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]