Jules Verne
Jules Gabriel Verne | |
---|---|
![]() yozuvchi-fantast | |
Tugʻilishi |
8-fevral 1828-yil |
Vafoti |
24-mart 1905-yil (77 yoshda) Amiens, Fransiya |
Jules Gabriel Verne (talaffuzi: Jyul Gabriel Vern; 8-fevral 1828 – 24-mart 1905) Fransiyalik yozuvchi bo‘lib, ilmiy fantastika asoschilaridan biri hisoblanadi.[1] Uning eng mashhur asarlari sirasiga Suv ostida 80000 kilometr (1870), Yer markaziga sayohat (1864) hamda Yer bo‘ylab sakson kun (1873) romanlari kiradi. U 66 ta sarguzasht janridagi romanlar muallifidir . Birinchi sarguzasht romani esa "Havo sharida besh hafta" deb nomlanadi. Uning ko‘pgina mashhur asarlari, shu jumladan, "O‘n besh yoshli kapitan","Kapitan Grat bolalari], "Robinzonlar maktabi" kabilar o‘zbek tiliga o‘girilgan. Verne koinot, havo va suvosti sayohatlari haqida ular amalda qoʻllanmasidan avval yozgan. Yozgan kitoblari koʻp tillarga tarjima qilingan, ekranlashtirilgan. Verne Hugo Gernsback va H. G. Wells bilan birgalikda "Ilmiy taxayyulot otasi", deb hisoblanadi.[2]
Manbalar[tahrir]
- ↑ "Jules Verne". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.
- ↑ Adam Charles Roberts (2000), "The History of Science Fiction": Page 48 in Science Fiction, Routledge, ISBN 0-415-19204-8.
Havolalar[tahrir]
- «Antifer tog'aning sarguzashtlari» romani Ziyouz kutubxonasida Arxivlandi 2012-05-11Wayback Machine saytida.
- «Suv ostida 80000 km» romani Ziyouz kutubxonasida Arxivlandi 2012-05-12Wayback Machine saytida.
- «O'n besh yoshli kapitan » romani Ziyouz kutubxonasida Arxivlandi 2012-05-11Wayback Machine saytida.
![]() |