Anqa-Qalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anqa-Qal'a
Manzilgoh Xorazm
Turi Qalʼa
Hudud 75 m x 75 m
Tarix
Material Xom gʻisht
Tashkil etilgan Mil. avv. III-IV asrlar

Anqa-Qal’a – hozirgi Oʻzbekiston hududidagi qal’a xarobasidir. U Qoʻyqirilgan-Qal’a xarobasidan ikki kilometr sharqda joylashgan[1]. Qal’a qadimiy Xorazmiyada joylashgan edi.

Qal’a toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, qal’a joylashgan hududning oʻlchami 75×75 metrni tashkil qiladi. Qal’aning oʻrtasida himoya yoʻlagi boʻlgan qoʻshaloq devor bor. Tashqi devorning qalinligi taxminan 2,4 m, ichki devori esa bor-yoʻgʻi 1,2 m[2]. Qal'a toʻrt burchagining har birida bittadan himoya minoralari joylashgan. Yana xuddi shunday uchta minora devorning oʻrtasida shimoli-sharqiy, shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy taraflarida joylashgan. Janubi-sharqiy tomonda kirish darvozasi joylashgan boʻlib, uning yon tomonida yana ikkita minora devor bilan (8×5 m) oʻralgan. Burchak minoralari uzunligi 11 × 11 m boʻlib, haqiqiy devordan baland qilib qurilgan. Har bir qal’a ichidagi minoralarning ichki koʻrinishi va tuzilishi boshqa minoralardan ajralib turgan. Minoralarning tashqi devorlari va qal’a devorlarida qator-qator naqshlar bezatilgan. Ular bir-biridan taxminan 1,3 m uzoqlikda qurilgan va har bir binoning uzunligi 4,3 m balandlikda joylashgan. Minoralardan taxminan toʻrt metr naridagi devorda oval shaklidagi teshiklar mavjud boʻlib, ularning vazifasi aniq emas. Ushbu teshiklar bir tekislikda terilgan gʻishtlar orasiga kirgizib ketilgan. Qal’aga kirishni taminlovchi faqat bitta darvoza mavjud. Tashqi devorlarning loydan yasalgan gʻishtlari 40 × 40 × 10 x 15 sm atrofida boʻlgan.

Tanga topilmalariga koʻra, majmua eramizning 3—4-asrlariga oid boʻlgan. Majmua 1930-yillarning oxirida Sergey Pavlovich Tolstoy boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan topilgan, oʻrganilgan, hudud uzunligi oʻlchangan va tadqiqotlarning koʻp qismi asosan devorlardagi naqshiy bezaklarga qaratilgan. Oʻtgan asrning 80-yillarida Gʻayratiddin Xoʻjaniyozov tomonidan obyekt yana koʻzdan kechirilgan. Ushbu qal’a aholisining kechirgan hayot tarzi haqida biror bir maʼlumot yoki ichki rivojlanishi haqida hech narsa maʼlum emas. Koʻrinib turibdiki, ushbu qal’ada rivojlanish boʻlmagan. Qal’aning vazifasi haligacha maʼlum emas, balki u karvon yoʻllari va Xorazm chegaralarini birlashtiradigan manzil vazifasini oʻtagan boʻlishi mumkin[3].

Qal’aning oʻrtasida kvadrat shakldagi ancha yoshroq (18×18 m) bino joylashgan boʻlib, ushbu bino 10-12-asrlarga tegishli[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nasiba S. Baimatowa: 5000 Jahre Architektur in Mittelasien, Lehmziegelgewölbe vom 4./3. Jt. v. Chr. bis zum Ende des 8. Jhs. n. Chr. (Archäologie in Iran und Turan, Bd. 7), Verlag Philipp von Zabern, Mainz 2008, ISBN 978-3-8053-3906-3, S. 248.
  2. Baimatowa: 5000 Jahre Architektur in Mittelasien, S. 249.
  3. Archeological Sites – Karakalpakstan.
  4. Baimatowa: 5000 Jahre Architektur in Mittelasien, S. 248.