Anisa Butt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anisa Butt
Tavalludi
Anisa Butt

18-yanvar 1993-yil (1993-01-18) (31 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2010-hozirgacha

Anisa Butt (18-yanvar, 1993-yil, London, Angliyada tugʻilgan) — britaniyalik hind millatiga mansub televideniye va kino aktrisa. U oʻz faoliyatini Disney Channel India telekanalida namoyish etilgan Ishaan telekoʻrsatuvida bolalar rassomi sifatida boshlagan. U Shuja Alining Baat Bann Gayi filmida debyut amalga oshirgan[1][2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anisa London universitetida drama (spektakl) yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan. U mustaqil oʻrganuvchi raqqosa va Royal Albert zalida raqs va dramatik rollarni ijro etgan. U, shuningdek, Kevin Spaceyning The Old Vic teatridagi workshopida ham qatnashgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Anisa oʻzining aktrisalik faoliyatini Disney Channel India telekanalining Ishaan nomli shousida Shyla rolida boshladi. 2011-yilda u Zindagi Na Milegi Dobarada Tanya rolida oʻzini namoyish etadi. U Rajkumar Hirani rejissori boʻlgan Navratna Seeti Bajao reklamasida Shah Rukh Khon bilan birga oʻynagan.

2013-yilda u Yeh Jawaani Hai Deewani nomli filmda Ranbir Kapoor va Deepika Padukone bosh rollarda boʻlgan holda kichik rolni ijro etadi. U filmdagi debyutini Baat Bann Gayi filmida Ali Fazal bilan birgalikda bosh rolni ijro qilgan. Filmda Gulshan Grover va Amrita Raichand ham rol oʻynagan va 2013-yil 11-oktyabrda ekranlarga koʻrinish bergan.

2017-yilda aktrisa bosh rollarda Arjun Kapoor va Shraddha Kapoor bilan Half Girlfriend filmida kichik rol oʻynagan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2010 Ishaan Shyla yosh Aktrisa
Jhoota Hi Sahi Kabirning qiz doʻsti Bhavna
2011 Zindagi Na Milegi Dobara Tanya Kalki Koechlin (Natasha) singlisi
2013 Yeh Jawaani Hai Deewani Preeti Laraning doʻsti
Baat Bann Gayi Rachna
2016 Brahman Naman Anita Ronni qiz doʻsti
2017 Half Girlfriend Rutvi Madhav doʻstining xotini
2019 Yumbarzallo Zee Music tomonidan musiqiy video. xonanda Yawar Abdal

Veb seriallarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Platforma Izohlar
2019 The Verdict — State vs Nanavati Sheetal ALTBalaji and ZEE5 [3]
2019 BOSS: Baap of Special Services Tanya ALT Balaji
2020 Code M Gayatri Chauhan ALTBalaji and ZEE5 [4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „London girl Anisa Butt debuts in 'Baat Bann Gayi'“. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  2. Mahendroo. „Exclusive Interview: Disney's Child artist Anisa to debut with Baat Bann Gayi“ (9-oktabr 2013-yil). 12-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2013-yil.
  3. Suthar. „Anisa Butt roped in for ALTBalaji’s The Verdict – Nanavati V/s State“ (en). IWMBuzz (12-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  4. „Anisa Butt to feature in ALTBalaji's Code M“ (en). IWMBuzz (26-avgust 2019-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]