Andromeda tumanligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andromeda tumanligi — bizga eng yaqin spiral galaktika M 31ning nomi. Galaktikamiz bilan turdosh, lekin ikkisi ham bir xil spiral sinfga kiri-shi toʻla hal etilmagan. Andromeda tumanligi oʻlchamlari 517va tuzilishi u qaysi diapazonda kuza-tilganiga keskin bogʻliq. Optik dia-pazondagisi diametri 74 kpk. Massasi Galaktikamiz massasidan deyarli 1,5-marta katta. Mutlaq kattaligi — 22. Kosmik teleskoplar yordamida unda 100 ga yaqin rentgen manbalar borligi topil-gan. Ularning koʻpchiligi Andromeda tumanligi ning yadro va tekislik tashkil etuvchi qismidan oʻrin olgan. Uning tarkibida kamida 30000 ta planetar tumanliklar, 400 ta sharsimon toʻdalar, mingga yaqin tarqoq yulduz toʻdalari boʻlib, bugun qator gaz — chang bulutlari, yulduzlarning tugʻilish oʻchoqlari, „yangi yulduzlar“, sefeidlar kuzatilmoqda. Andromeda tumanligi yaqinida 7 ta uning yoʻldosh — galaktikalari aniq topilgan. Ular asosan elliptik va turli mitti ga-laktikalardir. Andromeda tumanligi, bizning Galaktika va ular atrofida yana 30 ga yaqin galak-tikalar fizik va dinamik bogʻlangan mahalliy guruhni tashkil etadi. Andromeda tumanligi haqida birinchi bor arab falakiyotshu-nosi Al-Soʻfi (9-asr) yozib oʻtgan, chunki u oddiy koʻzga ravshan kichik bulut tarzida koʻrinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil