Sirius

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

SiriusKatta It yulduz turkumining a yulduzi. Osmon sferasidagi eng yorugʻ yulduz, kattaligi 1,46; Quyoshga eng yaqin yulduzlardan biri (uzoqligi 2,67 parsek). S. qoʻshaloq yulduz boʻlib, komponentlari birbirining atrofida 50 yil davr bilan aylanib turadi. S.ning yoʻldoshi 8kattalikdagi oq karlik tipidagi yulduz⚜️ Qur'onda qayd etilgan ayrim tushunchalar XXI asr ilmiy kashfiyotlari sharofati bilan o‘rganilar ekan, biz Qur'onning yana qanday mo‘jizalari bor ekan deya o‘yga tolamiz.

🔸  Bu mo‘jizalardan yana biri «Najm» surasining 49-oyatida qayd etilgan She'ro yulduzidir:  
📖  Albatta, She'ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning o‘zidir. (Najm surasi 49-oyat).

📃  Tafsirda: She'ro eng yorug' yulduz hisoblanadi. Uning nomi Qur'onda zikr qilinishi bejizga emas. Ba'zi arablar va qadimgi misrliklar bu yulduzni hudo deb e'tiqod qilishar edi. Bu oyatda uning mazkur ishi botil ekanligi, barchaning Robbisi, jumladan, She'roning Robbisi ham yagona Alloh ekanligi ta'kidlanmoqda.
🔸  Sirius yulduzining ekvivalenti bo‘lgan arabcha «shiroo» so‘zi faqatgina «yulduz» ma'nosini anglatuvchi «Najm» surasining 49-oyatida ishlatilganligi ayniqsa, hayratlanarlidir. 
🔸  Chunki tundagi osmonning eng porloq yulduzi Siriusning harakatidagi nosimmetrikliklar, ularning boshlanish nuqtasini e'tiborga olib, olimlar bu yulduzning aslida qo‘shaloq yulduz ekanligini aniqlashdi. 
💫  Sirius qo‘shaloq yulduzlari bir-birining atrofida ellips orbitalarda harakat qiladi. Sirius A va B larning umumiy tortishish markazi atrofidagi orbital davri 49,9 yilga tengdir. Bu ilmiy ma'lumot bugungi kunda Garvard, Ottava va Leysester universitetlarining astronomiya departamentlari tomonidan bir ovoz bilan qabul qilingan. Bu ma'lumot turli manbalarda quyidagidek yoritilgan:
🔻 Sirius, eng porloq yulduz, aslida egizak yulduzdir ... Uning orbitasi 49,9 yil davom etadi.
🔻Ma'lum bo‘lishicha, Sirius A va Sirius B yulduzlari bir-birining atrofida har 49,9 yilda qo‘shaloq kamon bo‘lib orbital harakat qiladi.
🔻 Bu yerda diqqatni tortadigan jihat ikkita yulduzning bir-biri atrofidagi kamon shaklli orbitasidir.
🔻  XX asrning oxiriga kelib aniqlik kiritilgan bu ilmiy haqiqat 1400 ilgari Qur'onda mo‘jizakorona ko‘rsatib o‘tilgan edi. «Najm» surasining 49 va 9 oyatlari birgalikda o‘qilganda bu mo‘jiza oydinlashadi:
📖  Albatta, She'ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning o‘zidir. («Najm» surasi, 49-oyat)
📖  Bas, ikki kamon oralig‘idek yoki (undan ham) yaqinroq bo‘ldi. («Najm» surasi, 9-oyat)
🔸  «Najm» surasining 9-oyati bu ikki yulduzning o‘z orbitalarida bir-biriga qanday yaqinlashishini ham tasvirlayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) 
🔸  Qur'on nozil bo‘lgan paytda hech bir kishining bilishi dargumon bo‘lgan bu ilmiy faktlar Qur'on Qodir Allohning so‘zi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi..