William Herschel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
William Herschel
William Herschel01.jpg
Tavalludi15-noyabr, 1738-yil(1738-11-15)
Hanover, Brunswick-Lüneburg, Muqaddas Rim Imperiyasi
Vafoti25-avgust, 1822-yil(1822-08-25)
(83 yoshda)
Slough, Berkshire, Angliya
FuqaroligiOlmon, keyin britan
SohasiAstronomiya, musiqa
Mashhur ishlariUran, infraqizil nurlanish va qator osmon jismlari kashfiyoti
Mashhur sovrinlariCopley medali

William Herschel (talaffuzi: Frederik Uilyam Hershel; 15-noyabr 1738 – 25-avgust 1822) olmon-britan astronomi, texnik mutaxassisi va bastakori boʻlgan. Hanoverda tugʻilgan William 19-yoshida Buyuk Britaniyaga koʻchib ketgan. Herschel Uran sayyorasi va uning ikki tabiiy yoʻldoshi — Titania va Oberonni kashf qilgan shaxs sifatida mashhurdir. U shuningdek Saturn yoʻldoshlari, boshqa osmon jismlari va infraqizil nurlanishni ochgan. Herschel musiqa bilan ham shugʻullangan, u yigirma toʻrtta simfoniya bastalagan.