Andrey Shariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Shariy
Tavalludi 17-iyun 1965-yil
Kasbi jurnalist
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 1987-yildan hozirgacha

Andrey Vasilyevich Shariy (1965-yil 17-iyun, Belogorsk, Amur viloyati, RSFSR) – sovet va rus jurnalisti, radio boshlovchisi, yozuvchi, media menejeri. „Ozodlik“ radiosining rus xizmati direktori.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrey Shariy harbiy oilada tavallud topgan, bolaligi Moskvada oʻtgan. 1987-yilda SSSR Tashqi ishlar vazirligi MGIMO universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Moskvadagi „Pravda“ (1987–1990) va „Rossiya“ (1990-1994) gazetalarida faoliyat olib borgan. 1992-yilda „Svoboda“ radiostansiyasi bilan hamkorlik qila boshlagan[1]. 1994-1996 yillarda mustaqil jurnalist, sobiq Yugoslaviya respublikalaridagi urush muxbiri boʻlgan (Zagreb, Xorvatiya). 1996-yildan Ozodlik radiosining axborot dasturlari boshlovchisi lavozimida faoliyat yuritgan (Praga, Chexiya). 2005-yildan beri „Vremya svobodi“ dasturining yakuniy soni muallifi va boshlovchisi, 2016-yildan esa Rossiya xizmati direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. Uning oʻn beshdan ortiq kitoblari nashr etilgan. Maqolalar, ocherklar va insholari „ Inostrannaya literatura“, „ Neprikosnovenniy zapas“[2], „GEO“, „GEO-Traveller“, „ Chetire sezona“, „ Itogi“, „Vsemirniy sledopit“, " Pravozashitnik ", „Jurnalist“ nomli jurnallarda chop etilgan. „Alarum“ onlayn jurnalida[3] va boshqalarda, koʻplab rus gazetalarida, turli Yevropa nashrlarida[4] bir qancha asarlari chop etilgan. Hozirda Pragada yashaydi.

Insho va ocherklar toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2006-yil – „Chetire sezona“ („Novoye literaturnoye obozreniye“ nashriyoti, Moskva). Yevropa sayohati haqida bir nechta insholar.
  • 2011-yil – „Peterburgskiy globus“ („Novoye literaturnoye obozreniye“ nashriyoti, Moskva). Yevropa kontekstida Sankt-Peterburg haqida bir qancha insholar.
  • 2008-yildagi „Peterburgskiy globus“ Internet loyihasining kengaytirilgan va yangilangan nashri (Rinaldi Hotels Group va Sankt-Peterburg bilan birgalikda).
  • 2013-yil – „Moskovskiy globus“ (Olga Podkolzina bilan hamkorlikda, „Novoye literaturnoye obozreniye“ nashriyoti, Moskva). Yevropa kontekstida Moskva haqida bir qator insholar[5][6][7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Andrey Shariy na Radio Svoboda
  2. "Andrey Shariy v Jurnalnom zale"
  3. Jurnal „Alarum“: Glava iz buduщey knigi „Ocherki o Dunae. Sudba reki“
  4. Intervyu kievskomu jurnalu „Alarum“
  5. „Annotatsiya izdatelstva NLO“. 7-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-noyabr 2012-yil.
  6. Intervyu saytu izdatelstva NLO". 20-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-noyabr 2012-yil.
  7. "Inostrannaya literatura"