Anatoliy Kuzmin
Anatoliy Naumovich Kuzmin | |
---|---|
Tavalludi |
19-oktyabr 1924-yil Verx-Anuyskoye, Oltoy oʻlkasi |
Vafoti |
4-iyun 1992-yil (67 yoshda) Samarqand, O'zbekiston |
Fuqaroligi | SSSR |
Unvoni | Kichik serjant |
Jang/urush | Ulugʻ Vatan urushi, Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari |
Anatoliy Naumovich Kuzmin (1924-yil 19-oktyabr Verx-Anuyskoye, Oltoy oʻlkasi – 1992-yil 04-iyun, Samarqand, O'zbekiston) – sovet armiyasi kichik serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945)[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anatoliy Naumovich Kuzmin 1924-yil 19-oktyabrda Verx-Anuyskoye qishlogʻida (hozirgi Oltoy oʻlkasining Bystroistokskiy tumani) tugʻilgan. U oilasi bilan 1930-yilda Biyskga, 1938-yilda Ashxobodga koʻchib oʻtdi. Oʻrta maktabni tamomlagan. 1942-yilda Kuzmin Qizil armiya safiga chaqirildi. Oʻsha yilning sentyabr oyidan Ulugʻ Vatan urushi frontlarida xizmat qildi. Stalingrad, Don, Janubi-gʻarbiy 1 va 2-Ukraina frontlaridagi janglarda qatnashgan. U Ulugʻ Vatan urushining Stalingrad jangida, Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi va Polshani ozod qilishda ishtirok etgan.
1945-yil yanvar oyiga kelib kichik serjant Anatoliy Kuzmin 1-Belorussiya fronti 47-armiyasining 60-piyoda diviziyasi 1281-piyoda polkida xizmat qilgan. U Visla-oder operatsiyasida qatnashdi. 1945-yil 15-16-yanvarda Kuzmin Germaniya mudofaasini yorib oʻtishda hamda Novy Dvor Mazovetski shahri yaqinidagi Visla daryosini kesib oʻtishda qatnashdi va dushmanning bir nechta oʻq otish nuqtalarini yoʻq qildi. Daryoning gʻarbiy sohilidagi koʻprikda u nemislarning qarshi hujumlarini qaytardi, ogʻir yaralandi, ammo jangni davom ettirdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan „Visladan oʻtishda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ kichik serjant Anatoliy Kuzmin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Lenin ordeni va Oltin yulduz medali ham taqdim etildi.
U uzoq vaqt kasalxonada davolandi. 1947-yil sentyabr oyida nogironligi sababli demobilizatsiya qilindi. 1949-yilda Kuzmin Ashxobod yuridik maktabini tamomlagan, soʻngra Pyatigorsk va Barnaul prokuraturalarida ishlagan[2][3]. 1961-yildan Samarqand shahrida yashab mehnat faoliyatini olib bordi.
Anatoliy Kuzmin 1992-yil 4-iyunda vafot etgan va Samarqand harbiy qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anatoliy Kuzmin 1-darajali Vatan urushi ordeni va bir qator medallar bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Анатолий Наумович Кузьмин“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
- ↑ „«Ветеран великой отечественной войны, Герой СССР – Кузьмин Анатолий Наумович»“. www.admbi.ru. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Скромный и отважный: сын алтайской земли Анатолий Кузьмин о себе рассказывал мало При цитировании ссылка на сайт портала «Вечерний Барнаул» обязательна https://barnaul.press/“. www.barnaul.press. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.