Ami Argand
Fransua-Pier-Amédée Argand, shuningdek, Ami Argand nomi bilan tanilgan (1750-yil 5-iyul[1]Jeneva – 1803-yil 14-oktyabr[2]Jeneva) jenevalik fizik va kimyogar. U yogʻchiroqni ixtiro qilgan[3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ami Argand | |
---|---|
François-Pierre-Amédée Argand | |
Tavalludi |
1750-yil 5-iyul |
Vafoti |
1803-yil 14-oktyabr |
Fuqaroligi | fransuz |
Kasbi | ixtirochi |
Mashhur ishlari | yogʻchiroq ixtirochisi |
Fransua-Pyer-Amédée Argand Jenevada tugʻilgan. Uning otasi soatsoz boʻlgan va oʻglini rohib boʻlishini istagan. Biroq, u ilm-fanga koʻproq qiziqgan va taniqli botanik va meteorolog Horace-Bénedict de Sossurening shogirdi boʻlgan. Yigirma yoshida Parijda boʻlganida u meteorologiyaga oid bir qancha ilmiy maqolalarni nashr etgan. U kimyo boʻyicha oʻqituvchilik lavozimini egallagan va sharobni konyakga aylantirishni yaxshilash boʻyicha baʼzi gʻoyalarni ishlab chiqgan va akasi bilan katta konyak zavodini qurgan.
Ixtirosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1780-yilda u yiogʻchiriqni ixtiro qilishga ilk harakatlarni boshlagan. Uning yogʻchirogʻining yorugʻligi shamdan (besh-oʻn baravar) ancha yorqinroq edi va tannarxi shamlardan koʻra arzonroq edi[3].
1783-yilda Argand Fransiyada aka-uka Montgolfierlar Jacques-Étienne va Joseph-Michel bilan uchrashdi va issiq havo sharini yaratish boʻyicha tajribalari bilan shugʻullangan. U yerda boʻlgan paytida, uning tanishi Antoine-Aroult Quinquet, yogʻchiroqning dastlabki prototipini koʻrsatgan, Ami Argand unga oʻzgartirishlar kiritgan va takomillashtirilgan holda yakka holda ishlab chiqarishni boshlagan va Aroult Quinquet uni maulliflik huquqlarini buzganligi uchun sudga bergan. Lekin bu sudda Ami Argand yutib chiqgan.
Tijoriy muvaffaqiyatga erishish uchun yogʻchiroqga koʻplab oʻzgarishlar kiritilgan. Foydalanish uchun mavjud boʻlgan barcha moy turlari sinovdan oʻtkazilgan va ularning ichidan oxir-oqibat kit yogʻi ishlab chiqarish uchun tanlangan. Bu yangi sanoatni yaratishga katta turtki boʻlgan. Kit yogʻi oʻzidan hech qanday zararli tutunlar chiqarilmaganligi uchun yogʻchiroqni ommalashishida katta sabablardan biri boʻlgan.
1783-yilning oktyabr oyida u oʻz chiroqini Angliyada ishlab chiqarishga qaror qilgan. Oxir-oqibat, chiroq ishlab chiqarish uchun William Parker va Matthew Boulton bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan[3]. 1784-yilda u oʻz ixtirosi uchun patent olgan. Argand, shuningdek, Jeyms Vatt bilan yogchiroqni yanada takomillashtirish ustida birga ishlashgan.
Yoritgichlarga boʻlgan talab yuqori boʻlgani tufayli dastlab ularni ishlab chiqarishda va yetkazib berishda muammolar paydo boʻlgan va oxir-oqibat deyarli hamma uylar va doʻkonlarda bu ixtirodan foydalanila boshlangan. Taxminan 1850-yildan boshlab kit yogʻining oʻrniga kerosin ishlatila boshlangan[4].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]U bezgak bilan kasallangan va yigirma yil davomida undan azob chekib, 1803-yil 14-oktyabr 53 yoshida Jenevada vafot etgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Argand, Ami, in the Historical Dictionary of Switzerland.“.
- ↑ 2,0 2,1 „Aimé Argand, Biographie universelle ancienne et moderne, vol. 56, Paris, Michaud 1834.“.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Wolfe, John J. Brandy, Balloons, & Lamps: Ami Argand, 1750-1803 (Southern Illinois University Press, 1999). ISBN 0-8093-2278-1“.
- ↑ „Wolfe p 151“.