Kontent qismiga oʻtish

Ilmenit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ilmenit, titanli temir-tosh (Uraldagi Ilmen togʻi nomi-dan) — mineral, kimyoviy formulasi FeTiO, FeOTiO. Tarkibida biroz magniy, baʼzan marganets ham boʻladi. Trigonal singoniyali, kristallari yoʻgʻon taxtachasimon, romboedrik, goho plastinkasimon. Rangi qoramtir, qora, kulrang . Qattiqligi 5—6. Zichligi 4,8 g/sm3. Asosli intruziv (gabbro, piroksenit, diabaz) va ishqorli jinslarda magnetit, choʻkindi jinslarda esa koʻpincha magnetit bilan birga uchraydi. Rossiyada’Ilmen togʻlarida (Janubiy Ural), Norvegiyada Egersunn-Sogndal yonidagi Telnes koni va Krageryo konlari bor. Titan olinadigan asosiy ruda. Aviatsiya sanoatida va poʻlatning alohida turini olishda ishlatiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil