Kontent qismiga oʻtish

Alloa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alloa — Shotlandiyaning markaziy qismida joylashgan shahar. Klakmannanshir okrugining markaziy shahri. Shaharning nomi gel tilidan olingan boʻlib, oqar suv degan maʼnoni anglatadi.

Shahar haqidagi ilk malumotlar 1398 — yilga oid boʻlib, qirol Robert III tomonidan zodagon Tomas Erskingga Alloa baronligi toqtiq qilinganligi qayd etilgan. Ersking xonadonining vakillari tomonidan cherkov bunyod etilgan. 1565 — yilda Shotlandiya qirolichasi Mariya Styuart oʻgʻli Yakov bilan Alloa minorasiga tashrif buyurishgan. Qirolicha Jon Erskingga Mara Grafligini tortiq etgan. Oʻz navbatida Jon Ersking 6 shahar rivojiga juda katta hissa qoʻshgan. Uning tashabbusi bilan 1710 — yilda Alloa bojxona portiga aylantirilgan. 19-asrga kelib Alloaning aholisi 6440 kishidan iborat boʻlgan.

Shaharning iqtisodiy ahvoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

20-asrga kelib, shahardagi iqtisodiy ahvol yomonlashdi, koʻplab kichik kompaniyalar kasodga uchradi yoki, katta korporatsiyalar tomonidan sotib olinib, birlashtirildi. 1950 — yilda shahar porti oʻz faoliyatini yakunladi. 1960 -yilda esa temiryoʻl yopildi. Bugungi kunda, shahar asosan, tekstil ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Tarixiy obidalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alloe minorasi — Erskin oilasining qarorgohi. Shotlandiya qirolichasi Mariya Styuart va uning oʻgʻli, Angliya va Shotlandiya qiroli Yakov bir necha marotaba mexmon boʻlishgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://www.undiscoveredscotland.co.uk/alloa/alloa/index.html