Gel tili
Qiyofa
Gel tili (gael, shotland, er tili deb ham ataladi) — hind-yevropa tillari oilasining kelt tillari guruhiga mansub. Shimoli-Gʻarbiy Shotlandiya, Gebrid orollari va Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyatida tarqalgan. Gel tilida 100 mingga yaqin kishi soʻzlashadi (1991). Gel tili irland tilining dialekti hisoblanadi, 11 — XIII asrlarda irland tilidan ajralib chiqqan. Fonetik xususiyatlariga koʻra Gel tili 3 sheva (sharqiy, janubi-gʻarbiy va gʻarbiy)ga ajraladi. Bu shevalar oʻrtasida farq kam. Gel tilida skandinav tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Gel tilidagi yozuv yodgorliklar XVI asr boshlariga oid. Badiiy adabiyot, matbuot, radioeshittirishlar shu tilda olib boriladi, taʼlim sohasida qoʻllanadi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Jahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |