Alex (futbolchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alex
Alex 2010-yilda Chelsea klubi tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alex Rodrigo Dias da Costa[1]
Tavallud sanasi 17-iyun 1982-yil (1982-06-17) (41 yosh)
Tavallud joyi Niterói, Braziliya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2001 Juventus (SP)
2002 Santos
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002-2004 Santos 78 (14)
2004-2012 Chelsea 86 (7)
2004-2007PSV (ijara) 84 (11)
2012-2014 PSG 70 (6)
2014-2016 A.C. Milan 46 (4)
Milliy terma jamoa
2003-2004 Braziliya U23 13 (2)
2002-2011 Braziliya 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alex Rodrigo Dias da Costa (1982-yil 17-iyun, Braziliya) Alex ismi bilan tanilgan markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan sobiq braziliyalik futbolchi. U oʻzining jismoniy kuchi va zarbasi bilan tanilgan himoyachi boʻlib, yaqinlari uni „Tank“[2] va Canhao da Vila („Vila Belmiro toʻpi“) laqablari bilan chaqirishgan[3].

2004-yilda Premer-liganing Chelsea klubi tomonidan sotib olingan Alex Gollandiyaning PSV jamoasiga ijaraga berildi va ular bilan 3 marotaba Eredivizion chempionligini qoʻlga kiritdi. U PSVdagi uch yillik faoliyatidan soʻng 2007-yilning yozida „Chelsea“ klubi tarkibiga kelib qoʻshiladi[4]. Chelseadagi faoliyati davomida u 2009-yilda Angliya kubogi va 2010-yilda liga va Angliya kubogi dublini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 2008-yilda UEFA Chempionlar ligasi finaliga qadar borishga erishdi. U 2012-yilning yanvarida 4,2 million funt sterling evaziga PSG tarkibiga kelib qoʻshiladi va klub bilan ikki marta Liga 1 g‘olibligini qoʻlga kiritadi. 2014-yilda amaldagi shartnoma tugaganidan soʻng Italiyaning Milan jamoasiga qoʻshiladi va ikki yildan soʻng faoliyatini yakunlaydi.

Alex 2003- va 2008-yillar oraligʻida Braziliya terma jamoasi safida 17 ta oʻyin oʻtkazadi. Ushbu yillar davomida futbolchi jamoa bilan birgalikda 2007-yilgi Amerika Kubogida gʻolib chiqdi va 2003 yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

AC Milanda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 5-iyunida PSG bilan shartnomasi tugagach, Alex „Milan“ klubi tarkibiga erkin agent sifatida kelib qoʻshiladi[5]. U 31-avgust kuni A Seriyaning yangi mavsumidagi dasylabki uchrashuvida oʻz debyut amalga oshirdi. Ushbu oʻyinda uning jamoasi oʻz maydonida "Latsio" ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[6]. Himoyachi ilk golini 2015-yilning 17-mayida Sassuologa qarshi o‘yinda (3:2)da kiritgan. 2016-yil 31-yanvarda Madonnina derbisida Alex boshi bilan gol kiritadi[7].

U 2016-yilning 25-may kuni klub xo‘jayini Silvio Berlusconi, shuningdek, Philippe Mexès, Kevin-Prince Boateng va Mario Balotelli bilan birga jamoani tark etishini eʼlon qildi[8]. 2016-yilning dekabr oyida Alex futbolchi sifatida faoliyatini yakunladi[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga oʻyinlar Milliy kubok Liga kubogi Mintaqaviy Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Santos 2002[10] Série A 25 3 25 3
2003 Série A 40 10 40 10
2004 Série A 13 1 13 1
Umumiy 78 14 78 14
PSV (ijarada) 2004-05 Eredivisie 27 3 13 2 40 5
2005-06 Eredivisie 28 2 7 0 35 2
2006-07 Eredivisie 29 6 8 2 37 8
Umumiy 84 11 28 4 112 15
Chelsea 2007-08[11] Premier Liga 28 2 2 0 3 0 6 1 39 3
2008-09[12] Premier League 24 2 6 1 2 0 9 1 41 4
2009-10[13] Premier League 16 1 6 0 1 0 2 1 0 0 25 1
2010-11[14] Premier League 15 2 0 0 1 0 4 0 20 2
2011-12[15] Premier League 3 0 0 0 3 0 3{ 0 9 0
Umumiy 86 7 14 1 10 0 24 3 0 0 134 11
Paris Saint-Germain 2011-12[16] Ligue 1 15 2 1 0 0 0 16 2
2012-13 Ligue 1 24 2 1 0 0 0 9 2 34 3
2013-14 Ligue 1 31 2 1 0 2 0 7 0 1 1 42 3
Umumiy 70 6 3 0 2 0 16 2 1 1 92 9
A.C. Milan 2014-15 Serie A 21 1 2 0 23 1
2015-16 Serie A 25 3 0 0 25 3
Umumiy 46 4 2 0 48 4
Umumiy faoliyati 364 42 19 1 12 0 68 9 2 1 465 53

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Comunicato Ufficiale N. 210“ [Official Press Release No. 210] (it). Lega Serie A (2016-yil 22-aprel). 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  2. „De Tank rolt naar Chelsea“ (nl). DePers.nl (2007-yil 16-iyul). 2007-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-oktyabr.
  3. „Central Alex chega a custo zero para reforçar o F. C. Porto Leia mais: Central Alex chega a custo zero para reforçar o F. C. Porto [Cente-back Alex joins FC Porto for free“] (pt). Jornal de Notícias. Qaraldi: 2016-yil 20-dekabr.
  4. „Chelsea target Alex earns permit“. BBC Sport (2007-yil 2-avgust). Qaraldi: 2007-yil 2-avgust.
  5. „Brazilian defender Alex leaves PSG for A.C. Milan“. Eurosport (2014-yil 5-iyun). Qaraldi: 2020-yil 21-sentyabr.
  6. „A.C. Milan 3-1 Lazio: Inzaghi era starts with a bang“. Goal.com (2014-yil 31-avgust). Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
  7. „milan-v-internazionale-serie-a-live“. The Guardian (2016-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 31-yanvar.
  8. „A.C. Milan departures“. football-italia.com (2016-yil 17-iyun). Qaraldi: 2016-yil 17-iyun.
  9. „Velho alvo do Santos no mercado, zagueiro Alex decide se aposentar [Former Santos target Alex has decided to retire“]. Globo Esporte. Qaraldi: 2016-yil 18-dekabr.
  10. „A.C. Milan profile“. A.C. Milan. 2015-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
  11. „Games played by Alex in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
  12. „Games played by Alex in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
  13. „Games played by Alex in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
  14. „Games played by Alex in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
  15. „Games played by Alex in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
  16. „Soccerway profile“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.