Al-Tandabaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Tandabaviy

الطندباوي
Mahalla
Mamlakat Saudiya Arabistoni
Viloyat Makka viloyati
Shahar Makka
Vaqt mintaqasi UTC+3, yozda UTC+4

Al-Tandabaviy – Saudiya Arabistonining gʻarbiy qismidagi Makka viloyati Makka shahrida joylashgan mahalla. Al-Tandabaviy mahallasi Ajyad sub-munitsipalitetida joylashgan.

Al-Tandabaviy Makkaning chekka hududidagi mahallalardan biri boʻlib, Al-Haram tumani va Al-Hindviya savdo markazining oʻrtasida joylashgan. Haj amallari oʻtaladigan hududga yaqinligi tufayli ushbu mahalla tashrif buyuruvchi ziyoratchilarni suv bilan taʼminlash anʼanasiga ega, shuningdek, soʻnggi paytlarda koʻplab yuqori darajada xizmat koʻrsatuvchi kafelar joylashgan hududga ham aylanib ulgurdi[1]. Al-Tandabaviy mahallasida bundan tashqari ziyoratchilarga xizmat koʻrsatish maqsadida koʻplab mehmonxonalar ham faoliyat koʻrsatadi.

Mahalla yangitdan barpo etilgan yosh hudud ekanligiga qaramay, 2018-yil holatiga koʻra, anʼanaviy oʻrta asrlar islomiy shahr tuzilishi saqlab qolgan. Biroq Saudiya Arabistoni Makkani qayta qurish boʻyicha bir nechta yangi rejalarni eʼlon qildi[2], bu esa tanqidchilar tomonidan bildirilgan fikrlarga koʻra, shahar merosining koʻp qismini yoʻq qiladi[3][4][5]. Ushbu qurilish rejalarining baʼzilari hech boʻlmaganda oʻrta asrlarga oid shaharning chekka qismlarida 20 qavatli beton minoralar joylashadigan maydonga aylantirishga qaratilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tariq Al-Thaqaf, Experience the aesthetics of Ramadan in Makkah, Arab News May 27, 2018.
  2. Dahlia Nehme, Exclusive: Mecca mayor says no delays on pilgrimage expansion projects. Reuters September 10, 2016 .
  3. Bethan Mackenan, Saudi plans to modernize Mecca slammed as 'destroying the cradle of Islam', 24 October 2017.
  4. Michael Fahy, King Salman launches five projects at Grand Mosque in Mecca July 12, 2015.
  5. Muddassar Ahmed, Makkah: Vision 2030, March 21, 2017.