Al-Muhojir ibn Abu Umayya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Muhojir ibn Abu Umayya
arabcha: المهاجر بن أبي أمية المغيرة بن عبد الله
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Ota-onasi

Al-Muhojir ibn Abu Umayya ibn al-Mugʻiyra ibn Abdulloh (arabcha: المهاجر بن أبي أمية المغيرة بن عبد الله) – Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan sahoba, Ridda urushlari (632–633) davrida Yamandagi faol musulmon qoʻmondoni.

Al-Muhojir ibn Abu Umayya ibn al Mugʻiyra ibn Abdullohning tugʻilgandagi ismi Valid boʻlgan, keyinchalik Islom paygʻambari Muhammad uni al-Muhojir deb oʻzgartirgan[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Muhojirning otasi Abu Umayya ibn al-Mugʻiyra Makkada Banu Maxzum urugʻining islomdan oldingi yetakchisi Al-Mugʻiyra ibn Abdullohning oʻgʻli boʻlgan[2]. Abu Umayya sayohatchilarga saxiyligi bilan mashhur edi va xalq orasida Zad ar-Rakb (yoʻlovchilarni taʼminlovchi) nomi bilan mashhur boʻlgan[2]. Al-Muhojirning onasi Atika bint Amir Kinana qabilasining Firas urugʻidan boʻlib, oʻzining jangovar mahorati bilan mashhur boʻlgan[2]. Singlisi Ummu Salama Muhammadning xotini edi[3]. Al-Muhojir Xolid ibn Validning ota tomondan birinchi amakivachchasi boʻlgan[4].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad paygʻambar al-Muhojirni Yamanning Kinda (asosan, uning Banu Muoviya boʻlimi) va Sadif qabilalariga soliq yigʻuvchi qilib tayinlagan[4]. Al-Muhojir kindiy zodagon ayol, Muhammadning sobiq xotini Asmo bint an-Nu’mon ibn Abu al-Javnga uylangan, keyinchalik esa Asmo al-Muhojirning qarindoshi Ikrima ibn Abu Jahlga turmushga chiqqan[3]. 631-yilda Muhammad al-Muhojirni Yamanning asosiy shahri Sanoga hokim etib tayinlaydi[4][5], biroq u ushbu lavozimni qabul qilmaydi va 632-yilda xalifa Abu Bakr Siddiq taxtga kelguniga qadar Madinada qoladi[5].

Abu Bakr al-Muhojirni Yaman hokimi Ziyod ibn Labid al-Ansoriyni qoʻllab-quvvatlash va Ridda urushlari paytida Hazramavtdagi (Janubiy Arabiston qirgʻoq mintaqasi) Kinda qabilasi Banu Muoviya qoʻzgʻolonini bostirish uchun yuboradi[6][7][8]. Kinda qabiasi oxir-oqibat al-Muhojir va Ikrimaga taslim boʻladi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kister 1975.
  2. 2,0 2,1 2,2 Landau-Tasseron 1998.
  3. 3,0 3,1 Donner 1993.
  4. 4,0 4,1 4,2 Blankinship 1993.
  5. 5,0 5,1 Hinds 1991.
  6. Lecker 1994.
  7. 7,0 7,1 Lecker 2004.
  8. Donner 1981.

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]