Al-Jamiya al-Islomiya Obaidiya Nanupur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Jamiya al-Islomiya Obaidiya Nanupur
Asos solingan 1958 (hijriy 1379)-yil
Rektori Mavlono Salohiddin[1]
Talabalari 8000 (2018-yil)
Fakultetlar 135 (2018-yil)
Manzili Nanupur,[2] Fatikchhari, Chittagong, Bangladesh
Vebsayti jamiaislamiaobaidia.com

Koordinatalari: 22°37′34.320000000003″N 91°50′29.399999999987″E / 22.62620000000000076°N 91.84149999999999636°E / 22.62620000000000076; 91.84149999999999636 G O


Jamiya Islomiya Obaidiya Nanupur (arabcha: الجامعة الإسلامية العبيدية نانوفور), xalq orasida Nanupur madrasasi (bengalcha: নানুপুর মাদ্রাসা) nomi bilan mashhur boʻlgan Qavmiy madrasasidir[3][4]. Jamiya 1958-yilda Shoh Sulton Ahmad Nanupuriy tomonidan tashkil etilgan. U Bangladeshning Fatikchhari shahridagi Nanupur hududida joylashgan. Muassasada hozirda 5000 nafar oʻquvchi 80 nafar malakali oʻqituvchilardan turli fanlar boʻyicha taʼlim oladi.

Taʼlim darajalari va boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi vaqtda Jamiyada quyidagi taʼlim darajalari va boʻlimlari mavjud:

  • Ibtedayi yoki Boshlangʻich bosqich: Bu yerda talabalarga asosiy islomiy bilimlar bilan birga tillar boʻyicha asosiy bilimlar ham oʻrgatiladi. Bu bosqichda Qur’on tilovati boʻyicha tahsil olinadi.
  • Hifzul Qur’on (Qur’on yodlash): Talabalarga Qur’onni tajvid (talaffuz) bilan yod olish oʻrgatiladi.
  • Olim yoki Bitiruv kursi: Nahu-Sarf, Sirot-un-Nabi, Fiqh, Usul al-fiqh, Arab tili grammatikasi, arab adabiyoti, mantiq, Hadis, tafsir, islom tarixi, va fors sheʼriyati oʻrgatiladi.
  • Davra yoki aspirantura darajasi: Oltita asosiy hadis kitoblari: Buxoriy Sharif, Muslim Sharif, Abu Dovud Sharif, Termiziy Sharif, Nasoiy Sharif va Ibn Moja asosida oʻqitiladi.
  • Mutaxassislik (aspiranturadan keyingi):
Tafsir boʻlimi (Qur’oni karim tafsiri)
Tajvid (talaffuz) va qiroat boʻlimi
Fatvo boʻlimi (Dorul-ifta)
Hadis boʻlimi (Takassus fil Hadis)
Fiqh (Islom huquqshunosligi) boʻlimi
Arab adabiyoti kafedrasi
  • Mutafarrika boʻlimi (qisqa kurs): Bu boʻlim baʼzi oliy oʻquv yurtlari yoki kollejlarni tamomlagan va keyin islomiy ilmlarni oʻrganishni xohlovchilar uchun maxsus tashkillashtirilgan.
  • Nashr boʻlimi: Muassasa oʻzining oylik jurnalini, ilmiy taqvim va boshqalarni shu boʻlim qoshida nashr etadi.

Bundan tashqari, taʼlim yurtida talabalarga bengal tili, ingliz tili[5], matematika, qoʻlda yozish va professional tarzda kompyuter oʻrganish kabi turli fanlar boʻyicha zamonaviy taʼlim ham beriladi.

Al Manahil farovonlik fondi Bangladesh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. uddin, Moyn. „bn:ফটিকছড়ি ইসলামী আইন বাস্তবায়ন কমিটির কাউন্সিল সম্পন্ন - আলোকিত রাউজান“ (bn). আলোকিত রাউজান (2017-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
  2. „Nanupur Obaidia Madrasah“. Wikimapia.org. Qaraldi: 2014-yil 20-avgust.
  3. „Naazra & Hifz Course Instructors“. Darul Uloom New York. 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
  4. „মাওলানা শাহ জমির উদ্দিন নানুপুরী রাহ.“ (bn). Monthly Alkawsar. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
  5. „Success of English language in Bangladesh rec“. Scribd.com. Qaraldi: 2014-yil 20-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dunyo boʻylab Dorul Ulum, Jamiya va Qavmiy madrasalar madrasalari[1]