Kontent qismiga oʻtish

Aks sado (musiqa)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aks sado — musiqali ibora yoki hamohang tovushlarning zaif kuch bilan takrorlanishiga (ayni yoki boshqa ovozlar, sozlarda) asoslangan badiiy uslub. Xor, opera, orkestr va boshqa musiqasida qoʻllanadi. O. Lassoning mashhur „Aks sado“ („Exo“) xor asari aks sado uslubida yaratilgan. Ludwig van Beethoven, E. Grig, G. Maler va boshqa kompozitorlar ijodida koʻp uchraydi. Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarida aks sado ifodaviy vosita sifatida qoʻllanadi. Masalan, Mutal Burhonovning „Alisher Navoiyga qasida“ joʻrsiz xorlari, M. Mahmudovning „Muhammas va ufor“ va hokazo. Organ cholgʻusi registrlaridan biri ham „Aks sado“ deb ataladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil