Kontent qismiga oʻtish

Akbarxo‘ja Rasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akbarxo‘ja Rasulov
Tavalludi 28-sentyabr 1986-yil (1986-09-28) (37 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Boʻyi 1.74 m

Akbarxoʻja Rasulov (1986-yil 28-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbek teatr va kino aktyori.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akbarxoʻja Rasulov 1986-yil 28-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan[1]. U oilada 4 farzandning kenjasi[2]. Oʻrta maktabni tamomlaganch 2003-yilda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) estrada aktyorligi fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga kiradi va 2007-yilda oʻqishni bitiradi[3]. 2015-yilning 12-oktyabr oyida oila qurgan boʻlib[4], hozirgi kunda uning bir qiz va oʻgʻil farzandi bor. 2021-yilga kelib esa Turkiyada oʻz biznesini boshlagan[5][6].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akbarxoʻja Rasulov 1998-yilda „Kelajak tongi“ radiostudiyasida suhandon sifatida ishlagan[7]. Oliy oʻquv yurtini bitirganidan soʻng Toshkent yoshlar teatrida, soʻng 2007–2009-yillarda Bahodir Yoʻldoshev asos solgan „Diydor“ teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan[8]. Teatrdagi faoliyati davomida „Yulduzli tunlar“, „Vanya amaki – Astrov“ (ruscha: „Дядя Ваня — Астров “), „Ajoyib hikoya“ (ruscha: „Удивительная история“) kabi rollarni ijro etgan[9].

Uning kinofilmdagi ilk roli „Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi“ filmi boʻlib, undan epizodlarda koʻrinish bergan. Keyinchalik „Yoʻqolgan odam“, „Iblis devori“, „Poyma-poy“, „Kechikkan hayot“, „Sevginator 2“, „Hur qiz“, „Jasur“, „Afgʻon“, „Xiyonat“, „Jigarbandim“, „Taqdirlar“, „Scorpion“, „Ibrat“, „Mendirman Jaloliddin“ kabi filmlarda rol ijro qilgan. Bundan tashqari u Rossiya, Ukraina va Turkiya film va seriallarida ham rol ijro qilgan[2]. Jumladan, RossiyaningRazvedchiki. Posledniy boy“ filmida Yulay obrazini, UkrainaningSorokapyatka“ filmida Djalmetov obrazini, Turkiyaning "Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ (turkcha: „Kurulush Osman“'') tarixiy serialida Chingizxonning yirik sarkardalaridan biri Subutoy obrazini gavdalantirgan[10][11].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratga tushgan filmlar
Yil Nomi Obraz Izoh
2021 Mendirman Jaloliddin Oʻzloqshoh Serial[12]
2020 Ibrat [13]
"Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ (turkcha: „Kurulush Osman“') Subutoy Turkiya tarixiy seriali[10][11]
2019 Avto sarguzashtlar Dublyajda ishtiro etgan[14]
2018 Scorpion [15]
Mednoe solnse
2017 Nazira Shokir, Nazirning katta oʻgʻli Bosh rol
Oh, Salima, Salima!
2016 Ustyurtga yoʻl Hujjatli film[16]
Qizlarning jahli chiqdi [17]
Virus [18]
2015 Aka [19]
Hayotda… [20][21]
2014 Delo Batagami haydovchi
Katta hovli [22]
2012 Xiyonat Bosh rol
Jasur Sardor, avtobusdagi yoʻlovchi
Taqdirlar Sarvar, bankning bosh direktori Bosh rol
Jigarbandim
Dunyo
2011 Hur qiz
Afgʻon Akbar, raisning oʻgʻli
2010 Sevginator 2: Qaynona operatsiyasi
Oxotniki za karavanami Saidov
Kechikkan hayot
2009 Sled salamandri Epizod
Poyma-poy Zafar, Shohruhning akasi
2008 Iblis devori Rahmatning katta oʻgʻli, ichki ishlar hodimi
Sorokapyatka Djalmetov Ukraina film
Razvedchiki. Posledniy boy Yulay, aygʻoqchi
2007 Panoh
Yoʻqolgan odam Karim, Davronning doʻsti
Zastava Epizod
2006 Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi Epizod, Rossiya va Oʻzbekiston filmi
2002 Cinedictum Bolakay

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Акбар Расулов“. Qaraldi: 16-iyul 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 Kun.uz. „Aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning to‘yida Alisher Uzoqovni ko‘rishdi“ (2015-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  3. Daryo.uz. „Dinshunos Zarina, psixolog Muqaddas, sharqshunos Jamila: qaysi mashhur san’atkorlar bir urinishda oliygohga o‘qishga kirgan?“ (2016-yil 11-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  4. Daryo.uz. „O‘zbek shou-biznesida nima gaplar? (foto)“ (2015-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  5. Akbarxo'ja Rasulov (2021-03-20), Akbarxo'ja Rasulov dan yangilik., qaraldi: 2024-07-16
  6. Daryo.uz. „Instagram: Turkiyaga ketib, biznes boshlagan Akbarxo‘ja Rasulov, “Fayod” guruhi qizlari hozir qayerda? Boshdan oyoq kiyinishga 8 ming dollar sarflaydigan Ahad Qayum“ (2021-yil 17-mart). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  7. Daryo.uz. „O‘zbek aktyorlarining birinchi gonorarlari: 244 so‘m olgan radiosuxandon, “Sumerki”dagi 750 dollarlik rol, ikki qismli klipdagi ijro uchun 50 ming so‘m“ (2016-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  8. „АКБАРХОДЖА РАСУЛОВ“. Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  9. „Akbarxoʻja Rasulov“. Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  10. 10,0 10,1 Daryo.uz. „Akbarxo‘ja Rasulov Burak O‘zchivit bosh rolni o‘ynagan “Qurilish: Usmon” serialida suratga tushmoqda (video)“ (2020-yil 29-may). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  11. 11,0 11,1 Kun.uz. „«Hukmdor Usmon» seriali namoyishi tiklanmadi. MY5 telekanali vakili bunga AOKAning xati sabab bo‘lganini aytmoqda“ (2021-yil 4-fevral). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  12. Daryo.uz. „Istanbulda “Mendirman Jaloliddin” serialining syomkasi boshlandi. Ikkinchi mavsumda ijodiy jamoaga yangi aktyor va aktrisalar qo‘shildi“ (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  13. Daryo.uz. „“Insonning qandoq ko‘milishi emas, qandoq yashag‘oni muhim”. Jahongir Qosimovning “Ibrat” tarixiy filmi treyleri e’lon qilindi (video)“ (2020-yil 31-mart). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  14. Daryo.uz. „O‘zbekistonda milliy avtomobillar ishtirok etgan 3D multfilm suratga olindi“ (2019-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  15. Kun.uz. „«SCORPION» haqida eshitganmisiz? Filmni kinoteatrda tomosha qilish uchun 5ta sabab“ (2018-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  16. Daryo.uz. „“Ustyurtga yo‘l” filmi namoyishi boshlandi“ (2016-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  17. Daryo.uz. „Toshkentda Zarina Nizomiddinova ishtirokidagi “Qizlarning jahli chiqdi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi“ (2016-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  18. Daryo.uz. „Shahzoda Matchonova qandaydir videoni YouTube’ga chiqarib yuborish bilan Diyorbek Mahkamovga tahdid qildi (“Dahshat film”dan ta’sirli treyler)“ (2016-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  19. Kun.uz. „Ulug‘bek Qodirov “Aka” filmi uchun 20 kg ga semirdi, “Baron” uchun yana 20 kg ga ozdi“ (2015-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  20. Daryo.uz. „O‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Hayotda...” filmi “Kinoshok” festivalida qatnashadi“ (2015-yil 21-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  21. Daryo.uz. „«Hayotda...» filmi «Kinoshok»da qatnashadi“ (2015-yil 20-avgust). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
  22. „O‘zbekiston katta oila sifatida talqin etilgan “Katta hovli” filmi suratga olindi“ (2014-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]