Kontent qismiga oʻtish

Oʻzloqshoh

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzloqshoh, Qutbiddin Oʻzloqshoh (1200 — 1221) — Muhammad Xorazmshohning 2-óğli oʻgʻli. Onasi bayot qabilasidan boʻlgan. Turkon xotunning sevimli nabirasi. Uning istagi bilan Muhammad Xorazmshoh Oʻzloqshohni oʻziga valiahd qilib belgilab, Xorazm, Xuroson va Mozandaronni bergan edi. Biroq moʻgʻullar istilosi davrida Xorazmshoh oʻlimi oldidan Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlaydi. Oʻzloqshoh va ukasi Oqshoh Jaloliddin bilan Gurganjni mudofaa etish uchun kelishganda Oʻzloqshoh tarafdori boʻlgan amirlar Jaloliddinni tan olmay unga suiqasd tayyorlaydilar. Jaloliddin 300 navkari bilan shaharni tark etgan, uch kundan soʻng moʻgʻullar jandni zabt etishganini eshitib shimol tomonga yurish boshlaydilar yoʻlda Joʻji qoʻshini bilan jang qilib, Joʻjini yengadilar va Gurganjga qaytadilar, biroq shahar qamal qilinayotgani uchun 10.000 askar bilan Xurosonga yoʻl oladilar. Oʻzloqshoh va Oqshoh Nishopurga boradilar va u yerdan Xabushonga ketadilar. Moʻgʻullar ularni Xabushon viloyatidagi Ustuvoga yetganda hujumga oʻtadilar va Vashta qishlogʻida jang boshlandi. Oʻzloqshoh qoʻshinini jangovar safga tizadi. Qattiq jangda moʻgʻullar yengilib, chekinadilar, biroq Oʻzloqshoh va Oqshosh jangda 1000 nafar askarlarini yoʻqotadilar va qoʻl ostilarida 350 nafar askar qoladi. Oʻzloqshoh va uning safdoshlari gʻalabadan soʻng hushyorlikni yoʻqotadilar. Moʻgʻullarning boshqa bir 500 kishilik qoʻshini toʻsatdan hujum qilib, ularni shoshirib qoʻyadi va tor-mor keltirishadi. Oʻzloqshoh va Oqshohlar jangda halok boʻlishadi. Ularning boshlarini nayzaga sanchib, Xorazmning barcha shaharlari boʻylab aylantirishgan.