Ajinatepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ajinatepabudda ibodatxonasi harobasi saqlangan tepalik (6–8-asrlar). Qo‘rg‘ontepa sh. (Tojikiston Respu-blikasi)dan 12,5 km sharqda. Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib o‘rganilgan (1961–69). Ibodat-xona va monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100x50) topilgan. Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq san’at yodgorliklarihaykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari topilgan. Buddaning o‘lim to‘shagida yotgan 12 m li haykali va sovg‘a keltirayotganlarning devoriy rasmlari muhim tarixiy ahamiyatga ega.Ad.: Litvinskiy B. A., Zeymal T. I., Adjina-Tepe, M., 1971.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil