Yoqub Ahmedov
Yoqub Ahmedov | |
---|---|
Otabek Mahkamov va Yoqub Ahmedov 2012-yilda | |
Tugʻilishi |
3-yanvar 1938 (81 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktyor |
Mukofotlari |
Oʻzbekiston xalq artisti (1974) „Doʻstlik“ ordeni (1997). |
IMDb | ID 0015267 |
Yoqub Ahmedov (1938-yil 3-yanvarda Namanganda tugʻilgan) – Oʻzbekiston xalq artisti (1974).[1] Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1959). 1958-yildan Hamza teatrida. Dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, „Mirzo Ulug‘bek“), Murod (Uygʻun, „Parvona“), Leyster (Fridrix Shiller, „Mariya Styuart“) kabi rollari bilan o‘z ijod yo‘lini belgilab oldi.
Ahmedov ijodi ijtimoiy va g‘oyaviy mazmunga to‘la, ufqi keng, ko‘p qirrali. Qahramon hatti-harakatlarini to‘g‘ri gavdalantirish bilan birga uning ruhini, tafakkur kuchini, fikr va hissiyotlar to‘lqinini, uning kayfiyatini, buyuk insoniy fazilatlarini ochishga intiladi.
Eng yaxshi rollari: Hakimboyvachcha (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Sakson Nurtoyevich (O. Jahonova, „Hazrati ayol“), To‘lagan (A. Ibrohimov, „Puch“), Kayhisrav (S. Sirojiddinov, „To‘maris“), Alisher Navoiy (Uyg‘un, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Ikromjon (Said Ahmad, „Ufq“) va boshqalar.
Kinoda: Furqat („Furqat“), Amir Olimxon („Qora konsulning halokati“), Shayx Ismoil („Olovli yo‘llar“), Sultonali („Zulmatni tark etib…“), Ota („Ketma“), Aziz-bek, Yusufbek hoji („O‘tgan kunlar“) kabi rollari bilan tanildi. Shuningdek, bir qancha videofilmlarda ham turli xarakterdagi kishilar obrazini yaratdi: Muhiddin (Odil Yoqubov, „Ulug‘bek xazi-nasi“), Rasul Olloyorovich (O‘. Usmonov, „Girdob“), Alisher Navoiy (Oybek, „Alisher Navoiy“), Sandro (Nodar Dumbadze, „Abadiyat qonuni“) va boshqalar. Alisher Navoiy obrazini Ahmedov o‘ziga xos talqin etdi. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (1997).
- qizi Sitora Ahmedova 1992-yilda tavallud topgan – aktrisa va qoʻshiqchi. Faqat gʻalaba, Qaydasan, muhabbat, Ayriliq 2, Oʻzi uylanmagan sovchi filmilarida suratga tushgan. Fayoz guruhining „Mani tanla“ klipida suratga tushgan.
- qizi Nodira Abdullayeva (Ahmedova) – maktabda dars beradi va „Aslzoda“ kelin koʻylaklari saloni rahbari boʻlib ishlaydi. 2002 yilda Rixsitulla A.ga turmushga chiqqan.
- nabirasi: Tojirahmon Abdullayev, Aslzoda va Mohizoda.
- kuyovi Rixsitulla Abdullayev 1978 yil 5 aprelda Toshkentda tavallud topgan – oʻzbek kino va teatr aktyori. Rixsitulla Abdullayev, baʼzida hayotda hamma narsani pul bilan oʻlchaydi...
- birinchi sobiq turmush oʻrtogʻi – aktrisa Klara Jalilova Alimadatovna. Furqat Ahmedov Yoqubovich oʻgʻli.
Mundarija
Filmografiya[tahrir]
Film[tahrir]
Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1958 | „Maftuningman“ | |
1977 | „Shum bola (film)“ | |
1989 | „Tangalik bolalar“ | |
1991 | „Ау! Ограбление поезда“ | |
1997 | „Oʻtgan kunlar (film)“ | |
2003 | „Taqdir“ | |
2004 | „Qalblar toʻlqini“ | Yoʻldoshev |
2009 | „Qasd“ | |
2010 | „Taxdid“ | |
2014 | „Koʻrgim keladi“ | |
2014 | „Xonadon egasi“ | meditsina professori |
2016 | „Baron“ | Izzatning otasi |
2016 | „Baron 2“ | Izzatning otasi |
Serial[tahrir]
Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1998-2003 | „Shaytanat“ | Xolid domla |
1998 | „Charxpalak“ | Fatxulla |
2000 | „Sardor“ | |
2006 | „Maftuna“ | |
2006 | „Qaytar dunyo“ | |
2010 | „Hayot jilgʻalari“ | |
2011 | „Fidoiylar“ | Yoqub Azizov |
2015,2017 | „Mehmonxona“ |
Manbalar[tahrir]
- ↑ "Ahmedov Yoqub". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |