Shaytanat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shaytanat
Shaytanat.jpg
Janr detektiv, kriminal drama
Gʻoya muallifi Tohir Malik
Produser Yodgor Saʻdiyev
Rejissyor Jahongir Qosimov
Yodgor Saʻdiyev
Ssenariychi Ulugʻbek Zufarov
Mahmud Toʻychiyev
Tohir Malik
Bosh rollarda Yodgor Saʻdiyev
Behzod Muhammadkarimov
Erkin Komilov
Gulchehra Jamilova
Poʻlat Saidqosimov
Jamshid Zokirov
Hojiakbar Nurmatov
Melis Abzalov
Yoqub Ahmedov va boshqalar
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Telekanal Oʻzbekiston
Ekranlarda 20-may 1998-yildan
22-iyun 1998-yilgacha
Seriya davomiyligi 30-40 daqiqa
Seriyalar soni 20

Shaytanat — Tohir Malik qalamiga mansub „Shaytanat“ asari asosida 1998-yilda suratga olingan kriminal detektiv teleserial[1]. „Shaytanat“ — Oʻzbekistondagi eng mashhur teleserial hisoblanadi. 1998-yilgi namoyishdan soʻng uning televideniyedagi namoyishiga taʼqiq qoʻyilgan edi. 2018-yil may oyida ushbu taʼqiq olib tashlanishi kutilmoqda[2].

Tafsilotlar

Mashhur qoʻshiqchi Elchin oʻz xotinini qasddan oʻldirganlikda ayblanib, koʻp yillarga qamalib ketadi. Gap shundaki, u gʻirt mast holda qimor oʻynab, hamma narsasini yutqazib qoʻyadi. Yutib chiqish umidida xotinini ham qimorga tikib yuboradi. Oxir-oqibat yutqazib qoʻygan Elchin nima boʻlayotganini anglamay, mastlik taʼsirida uxlab qoladi. Oʻziga kelgach xotinini oʻlik holda topadi. Bu qotillik mashhur jinoiy toʻda yetakchisi Asadbekning odamlari tomonidan sodir etilganini tushunib yetadi. Endilikda Elchinnning maqsadi — Asadbekdan qasos olishdan iborat.

Rollarda

Aktyor Rol
Yodgor Saʼdiyev Asadbek / Asadbekning otasi yetakchi Asadbek / Asadbekning otasi
Behzod Muhammadkarimov Elchin qoʻshiqchi Elchin
Omon Burxonov Zohid Sharipov tergovchi Zohid Sharipov
Gulchehra Jamilova Manzura Asadbekning ayoli Manzura
Navroʻza Biynozova Zaynab (bolaligi) Asadbekni qizi Zaynab (bolaligi)
Bahrom Matchonov Anvar Sattorov tarixchi Anvar Sattorov
Poʻlat Saidqosimov Zelimxon kallakesar Zelimxon
Karim Mirxodiyev Mahmud (Chuvrindi) Asadbekni qorovuli Mahmud (Chuvrindi)
Furqat Fayziyev Hosil boyvachcha to'da a'zosi Hosil boyvachcha
Abduhalil Mignorov Shomil (gʻilay) Hosilning yordamchisi Shomil (gʻilay)
Jamshid Zokirov Sharif Namozov muhandis Sharif Namozov
Ahmad Berdimurodov Jamshid Asadbekning odami Jamshid
Raʼno Shodiyeva Zaynab Asadbekning qizi Zaynab
Firdavs Pazletdinov Abdusamad Abdusamad
Xayrulla Saʼdiyev Jalil / Jalilning otasi Jalil / Jalilning otasi
Erkin Komilov Haydar (Kesakpolvon) Asadbekning yordamchisi Haydar (Kesakpolvon)
Rustam Qayumov Xongirey Xongirey
Muhammad Rafiqov Abdurahmon tabib Abdurahmon tabib
Abduraim Abduvahobov Rasul (Boʻtqa) Asadbekning odami Rasul (Boʻtqa)
Dilmurod Ergashev Armo Armo
Farhod Abdullayev Murodilla (Xumkalla) Murodilla (Xumkalla)
Matyoqub Matchonov Kerim Kerim
Hojiakbar Nurmatov Soliyev militsiya mayori Soliyev
Mixail Kaminskiy Manukyan armani Manukyan
Jahongir Saʻdiyev Asadbekning bolaligi Asadbekning bolaligi
Umid Azimov Jalilning bolaligi Jalilning bolaligi
Asilbek Shomirzayev Samandar Samandar
Sayyora Yunusova Asadbekning onasi Asadbekning onasi
Aziza Bekjonova Jalilning onasi Jalilning onasi
Gavhar Zokirova Nasiba Nasiba
Lutfulla Saʼdullayev Qilich Sulaymonov Qilich Sulaymonov
Ravshan Solihov Tojimullayev Tojimullayev
Ravshan Joʻrayev Mirsultonov kapitan Mirsultonov
Mahmud Ismoilov prokuror prokuror
Mamlakat Mirzayeva Madina Madina
Mohira Nurmatova Sveta Sveta
Saydullo Moldaxanov Hamdam Tolipov Hamdam Tolipov
Baxtiyor Hakimov polkovnik polkovnik
Valeriy Kuvshinov Semyon Semyon
Anatoliy Kochedikov Karpov Karpov
Tohir Saidov Halimjon Halimjon
Mirza Azizov Qozi Qozi

Mukofotlari

Moskvadagi „Jamiyat va qonuniylik“ kinofestivali sovrindori. 2000-yil.

Manbalar