Ahmadjon Odilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ahmadjon Odilov

Odilov 1975-yilda
Tugʻilishi 1-may 1925-yil(1925-05-01)
Gʻurumsaroy, Pop tumani, Namangan uyezdi, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Vafoti 27-sentabr 2017-yil(2017-09-27)
(92 yoshda)
Pop tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Ahmadjon Odilov (1925-yil 1-may — 2017-yil 27-sentabr) — nufuzli oʻzbek ishbilarmoni va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965), 1966—1971-yillarda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining Markaziy taftish komissiyasi aʼzosi boʻlgan.

Odilov Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi XXIII, XXIV va XXV syezdlari (1966, 1971, 1976) delegati, 9- va 10-chaqiriq SSSR Oliy Kengashining deputati (1974-1984) sifatida ham faoliyat yuritgan. U, shuningdek, SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi boʻlib, uch marotaba Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining deputati etib saylangan.

Hayoti[tahrir]

Ahmadjon Odilov 1925-yilning 1-mayida Namangan viloyati Pop tumanining Gʻurumsaroy qoʻrgʻonida tugʻilgan. 1960-70-yillarda Pop tumanidagi Lenin nomli kolxoz raisi boʻlgan.

Asta-sekin u Oʻzbekistonning oʻsha paytdagi rahbari Sharof Rashidovning ishonchli kishilaridan biriga aylandi. 1970-yillarning oxirida u Pop tumani agrosanoat kompleksiga rahbarlik qildi va bir necha bor davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 1980-yillarning oʻrtalarida, Odilov tergovchilar — Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov tomonidan tekshirilgan „paxta ishi“ ga aloqador eng muhim shaxslardan biriga aylandi. Tergovning eʼlon qilingan materiallariga koʻra, Odilov oʻz hududida yarim feodal rejimini oʻrnatgan, Oʻzbekistonning yuqori lavozimli amaldorlariga katta pora bergan (ittifoq darajasidagi mansabdor shaxslarga pora berganligini isbotlashning imkoni boʻlmagan). Keyin u hibsga olinib, jazo muddatini Butyrka qamoqxonasida oʻtkazgan.

SSSR prokuraturasi tergov brigadasining alohida muhim ishlari boʻyicha tergovchining xotiralaridan:

1991-yil dekabrda u Oʻzbekistonga koʻchirildi. 1991-yil 24-dekabrda esa Toshkentni tark etmaslik toʻgʻrisida hukm bilan qamoqdan ozod qilindi.

1991-yilda, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, Odil Yoqubov va Muhammad Solih raisligida boʻlib oʻtgan oʻzbek yozuvchilarining syezdi bir ovozdan Odilovni „Milliy qahramon“ deb eʼlon qilishdi.

1992-yil fevral oyida u Oʻzbekiston hukumatining maxsus qarori bilan reabilitatsiya qilindi, biroq 1993-yilning 26-iyunida yana hibsga olindi va toʻrt oydan soʻng Qoʻqon shahar sudi uni 5 tonna oʻgʻit oʻgʻirlaganligi uchun 4 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bir yil oʻtgach, u ushbu muddatni oʻtab boʻlganida, unga Sovet Ittifoqi davrida qilgan „iqtisodiy jinoyati“ uchun yana 10 yil qoʻshildi. Biroq, u berilgan muddatdan koʻproq oʻtirishga majbur boʻldi. Garchi unga berilgan muddat 1996-yilda tugagan boʻlsa-da, qonunga koʻra, hibsga olingan paytdan boshlab, uni ozod qilish vaqti kelganida, Odilov giyohvand moddalar saqlagani uchun, yoki boʻysunmaslikda ayblanib yana sudlandi.

Ahmadjon Odilov 2008-yil 5-iyun sanasida 83 yoshida ozod qilindi.

„Paxta ishi“ boʻyicha boshqa sudlanuvchilar — R.Gaipov, K.Kamolov, M.Musaxanov, B.Rahimovdan farqli oʻlaroq, u Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini va mukofotlarini yoʻqotmadi.

U Namangan viloyatining Pop tumanidagi uyida 2017-yil 27-sentabrda 93 yoshida vafot etdi.[1][2]

Mukofotlari[tahrir]

Kitoblar[tahrir]

2019-yilda namanganlik yozuvchi Ortiqali Nomozov qalamiga mansub Ahmadjon Odilov haqidagi „Odilovni otmoqchi edilar“ nomli kitob Yangi kitob nashriyoti tomonidan chop etildi. Kitobda qamoqxonadagi azob-uqubatlar, kechinmalar, mahbuslar irodasini sindirish, ularni jisman yoʻq qilishga qaratilgan harakatlar aks ettirilgan.[3]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]