Ahmad ibn Usmon Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad ibn Usmon Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Qiroat olimi, faqih va mufassir.

Ahmad ibn Usmon Samarqandiy (arabcha: أحمد بن عثمان سمرقندي — Ahmad ibn Usmon Samarqandiy — Toʻliq ismi: Shihobuddin Ahmad ibn Usmon ibn Nizom Samarqandiy Xattobiy Shofi’iy (vafoti 901/1460-yil)) — Qiroat olimi, faqih va mufassir.

Hayoti va Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad ibn Usmon Samarqandiy Shofi’iyning bobosi Xattobga nisbat berilgan. Mullozoda nomi bilan tanilgan. Qiroat, mantiq, fiqh, tafsir, hadis va balog‘at ilmlarini bilgan. Tarixchilardan birining xabar berishicha, Ahmad ibn Usmon Samarqandiy alloma imom, qiroatda oliy isnodli boʻlgan. Damashq, Halab kabi shaharlarga safar qilgan va u yerdagi ulamolardan istifoda etgan. Asarlari: „Kitob jumi’a fiyhi-l-hidoya va-l-muharrar“ („Hidoyat va ozod qiluvchi masalalar jamlangan kitob“), „Sharh hidoyatu-l-hikma“ („Hidoyatu-l-hikmat“ kitobiga sharh"), „Sharhu-sh-sham-siyya“ („Shamsiyya“ga sharh"), „Hoshiyya ala-sh-sharhi-l-muxtasar li-t-Taftazoniy ala talxisi-l-miftoh li-l-Qazviniy“ ("Qazviniyning „Talxisu-l-miftoh“ asariga Taftazoniyning yozgan muxtasar sharhiga hoshiya-izoh").[1]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Kitob jumi’a fiyhi-l-hidoya va-l-muharrar“,
  • „Sharh hidoyatu-l-hikma“,
  • „Sharhu-sh-shamsiyya“,
  • „Hoshiya ala-sh-sharhi-l-muxtasar li-t-Taftazoniy ala talxisi-l-miftoh li-l-Qazviniy“.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 551.