Ahmad Qodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ahmad Qodirov
 
Tavalludi: 23-may 1951-yil(1951-05-23)
Qaragʻanda
Vafoti: 9-may 2004-yil(2004-05-09)
(52 yoshda)
Grozniy

Ahmad QodirovChecheniston muxtor Respublikasining birinchi prezidenti (2003-2004)

Biografiyasi[tahrir]

  • 1951 yil Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida tug‘ilgan.[1]
  • 1980 yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasiga o‘qishga kirgan.
  • 1982 yildan 1986 yilgacha Toshkent islom institutida o‘qigan. Ahmad Hoji Qodirov Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni o‘zining ustozi deb bilgan.
  • 1994-1996 yillarda bo‘lib o‘tgan birinchi Chechen urushi yillarida Checheniston muftiysi bo‘lgan.Bu paytda u Rossiya harbiy kuchlariga qarshi qo‘liga qurol olgan jangarilar tarafida bo‘lgan.
  • 1999 yil avgustida ikkinchi Chechen urushi boshlandi.Ahmad Qodirov bilan Chechenistonning o‘sha paytdagi rahbari Aslan Masxadov kelishmay qoladilar va Ahmad Qodirov Rossiya federal kuchlari tarafiga o‘tadi.
  • 2000 yildan 2003 yilgacha Checheniston Respublikasi muvaqqat ma‘muriyati rahbari bo‘lgan.
  • 2003 yili o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozongani e‘lon qilindi va Ahmad Qodirov Chechenistonning birinchi prezidenti deb atala boshladi.
  • 2004 yil 9 may kuni G‘alaba bayrami munosabati bilan Grozniy stadionida tashkil qilingan marosimda rahbarlarga qarshi suiqasd uyushtirilgan.Portlash oqibatida Ahmad Qodirov halok bo‘lgan, oradan bir necha yil o‘tib uning o‘g‘li Ramzan Qodirov Checheniston prezidenti lavozimini egalladi.

Manbalar[tahrir]