Ahmad Boboqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahmad Boboqulov (1931.17.1 Dushanba—1990.25.5) — tojik xonandasi (lirikdramatik tenor). Xalq artisti (1971). Taniqli maqom bilimdoni Boboqul Fayzullayevning oʻgʻli. Tojik opera va balet teatri (1954—56, 1966— 81), Tojik Davlat filarmoniyasi (1956—66) yakkaxoni, Tojikiston teleradiosi maqom ansamblining badiiy rahbari (1973—81). M. Tursunzoda nomidagi Sanʼat institutida oʻqituvchi, xonandalik kafedrasi mudiri (1967— 76), prof. (1977 yildan). Asosiy partiyalari: Kavaradossi (J. Puchchini, "Toska"), Kanio (R. Leonkavallo, "Payatslar"), Xurshid, Modan (3. Shohidiy, "Dushanbalik qiz", "Komde va Modan"), Rudakiy (Sh. Sayfiddinov, "Rudakiy"), Vodemon (P. Chaykovskiy, "Iolanta") va boshqa "Samarqand Ushshogʻi", "Dugoh", "Qashqarchai Moʻgʻulchai Dugoh", "Iroq" va boshqa ashula yoʻllarining ham mohir ijrochisi. Oʻzbekistonda tojik adabiyoti va sanʼati dekadalari (1957, 1968), Xalqaro musiqashunoslik anjumanlari (Samarqand, 1978, 1983) konsertlarida qatnashgan. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1966).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil