Adriano Rossato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adriano Rossato
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adriano Fabiano Rossato
Tavallud sanasi 27-avgust 1977-yil
Tavallud joyi Vila Velha, Braziliya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Chap qanot himoyachisi

Adriano Fabiano Rossato (27-avgust 1977-yilda Vila Velha, Espirito-Santo shahrida tugʻilgan) — braziliyalik nafaqadagi futbolchi, chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan va murabbiy faoliyati bilan ham shugʻullangan.

Futboldagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyalik jarima zarbalari boʻyicha mutaxassis Rossato 2002-yil iyulida Portugaliyaga CD Nacionalga koʻchib oʻtgan va faoliyati davomida „Botafogo de Futebol e Regatas“, „Rio Branco Atletico Clube“, „Criciuma Esporte Clube“, „Associação Atletica Portuguesa (RJ)“, „União Agricola Barbarense Futebol Clube“ klublarida oʻynagan. Ikki mavsum davomida u Primeira ligasida 17 ta gol urgan, jumladan 2004-yil 25-aprelda SC Beyra-Marga qarshi oʻyinda (3-0 uydagi gʻalaba) xet-trik qayd etgan[1].

2004-yilning iyul oyida "Portu" tomonidan sotib olingan Rossato shimolliklar safida birorta ham rasmiy oʻyin oʻtkazmagan. Keyin u La Liganing „Real Sosedad“ jamoasiga qoʻshilb[2], ikkinchi mavsumdagi oʻyinida jarima zarbasidan gol uradi va uning jamoasi „Sevilya“ga 1:2 hisobida magʻlub boʻladi. Rossato ushbu mavsumni 22 ta oʻyin bilan yakunlaydi.

2005–06-yilgi mavsumda Rossato Portugaliyaga ijaraga berildi va SC Braga bilan bir yillik shartnoma imzolaydi[3]. Keyingi faoliyati davomida Sosedadga qaytib, u yana iberiyalik jamoaga ijaraga beriladi. 2007-yil yanvar oyida UD Leiriyaga koʻchib oʻtadi[4].

2007-yilning yozida qoʻyib yuborilgan Rossato ikkinchi divizion jamoasi Malaga CFga qoʻshildi va ikki yillik tanaffusdan soʻng Andalusiyaliklarning 2008-yildagi yuqori ligaga qaytishida muhim rol oʻynadi. Biroq, u jarohat tufayli keyingi mavsumning katta qismini oʻtkazib yubordi. Uning jarohatidan soʻng birinchi oʻyini 2009-yil 17-mayda boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻyinda u „Sporting de Gijon“ ga safarda, oʻyinning ikkinchi yarmida maydonga tushadi[5].

Jarohatlari tufayli 2009-yilning iyul oyida „Malaga“ Rossato bilan shartnomani uzaytirmasligini eʼlon qildi. Shuning uchun qoʻyib yuborildi. Keyingi oyning oxirida 32 yoshli futbolchi mamlakatning boshqa klubi, ikkinchi darajali UD Salamanca bilan shartnoma imzoladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]