Across the Universe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Across the Universe“
The Beatles qoʻshigʻi
„No One's Gonna Change Our World“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 12-dekabr, 1969-yil(1969-12-12)
Yozib olingan 4-8-fevral 1968-yil, 2-oktyabr 1969-yil
Studiya EMI, London
Janr Psixodeliya[1]
Davomiyligi 3:49
Leybl Regal Starline
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) George Martin

Across the Universe“ (tarjimasi „Olam boʻylab“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiqni John Lennon yozgan va ijro etgan, ammo muallif oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan. Dastlab 1969-yil turli xonanda qoʻshiqlari kiritilgan „No One's Gonna Change Our World“ terma albomida eʼlon qilingan, keyinchalik oʻzgartirilgan shaklda „The Beatles“ guruhining 1970-yil chiqarilgan yakuniy albomi boʻlmish „Let It Be“ albomiga kiritilgan. Ilk versiya 1978-yil Buyuk Britaniyada, 1980-yil AQShda „Rarities“ nomli albomlar bilan ham chiqarilgan. Shuningdek, qoʻshiq 1988-yil guruhning „Past Masters“ albomining ikkinchi qismiga ham kiritilgan.

Lennoning soʻzlariga koʻra, u qoʻshiqni 1967-yilda oʻsha paytdagi rafiqasi Cynthia Powell unga koʻp gapirib, uxlab qolganidan keyin yozgan[2]. Qoʻshiq Lennon hamda guruh transsendental meditatsiyaga qiziqa boshlagan davrda yozilgan. Xususan, taronada sanskritcha „Jai guru deva om“ (जय गुरुदेव ॐ) misrasi mavjud boʻlib, uni turlicha talqin qilish mumkin. Frazani soʻzma-soʻz „Ilohiy xudoga gʻalaba“ yoki „Ilohiy guruga olqish“ oʻlaroq oʻgirish mumkin[3].

2008-yilning 4-fevralida NASA „Across the Universe“ qoʻshigʻining 40 yilligi, Deep Space Network tarmogʻining 45 yilligi hamda NASAning 50 yilligi munosabati bilan taronani Yerdan 431 yorugʻlik yili masofada joylashgan Polaris yulduziga yuborgan[4]. Bu insoniyat tarixida qoʻshiq atayin kosmosga yuborilgan ilk holatdir. Ushbu gʻoyani Paul McCartney, Yoko Ono hamda Apple Corps qoʻllagan[5].

„Across the Universe“ qoʻshigʻining guruh ijrosidagi bir necha versiyasi mavjud. Shuningdek, taronani bugunga qadar bir necha xonanda kaver qilgan. Xususan, 1975-yil David Bowie taronani ijro etib, oʻzining „Young Americans“ albomiga kiritgan. Bowie kaverini yozib olishda Lennon qatnashib, gitara chalgan va qoʻshimcha vokal kuylagan[6]. 2021-yilda esa „Evanescence“ rok-guruhi qoʻshiqni kaver qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Snoskalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. MacDonald, Ian „The Psychedelic Experience“,. Mojo Special Limited Edition: 1000 Days That Shook the World (The Psychedelic Beatles – April 1, 1965 to December 26, 1967). London: Emap, 2002 — 34 bet. „Lennon is the main author of nearly all of The Beatles' psychedelic classics: Tomorrow Never Knows, I'm Only Sleeping, Rain, She Said She Said... I Am the Walrus, Across the Universe.“ 
  2. Sheff 2000, s. 267.
  3. Woo, Elaine „Maharishi Mahesh Yogi; founded Transcendental Meditation movement“. Los Angeles Times (2008-yil 6-fevral). Qaraldi: 2012-yil 24-iyun.
  4. NASA 2008.
  5. MSNBC 2008.
  6. O'Leary 2015, chap. 9.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]