Abulhasan Ali ibn Xujr Sa’diy Marvaziy Zarazmiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abulhasan Ali ibn Xujr Sa’diy Marvaziy Zarazmiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, faqih, adib

Abulhasan Ali ibn Xujr Saʼdiy Marvaziy Zarazmiy — (771—858 yillar) muhaddis, faqih, adib bo‘lgan.

Abulhasan Ali ibn Xujr Saʼdiy Marvaziy Zarazmiy Marv viloyatdagi „Zarazm“ qishlogʻida tug‘ilgan. Iroq va Hijozdagi shahri boʻylab koʻp sayohatlar qilgan. Abulhasan Ali ibn Xujr Saʼdiy Marvaziy Zarazmiydan taʼlim olish uchun huzuriga turli mamlakatlardan olimlar kelishgan. Shuningdek, Imom Muslim, Imom Termiziy va Imom Dorimiylar ham u zotdan hadis rivoyat qilgan. Samʼoniy Abulhasan Ali ibn Xujr Saʼdiy Marvaziy Zarazmiyning 10ta ustozi va 7 shogirdini sanab oʻtadi. Abulhasan Ali ibn Xujr Saʼdiy Marvaziy Zarazmiy fiqh va hadisga oid 3ta asar yozgan. Zarazm qishlogʻidagi qabri ziyoratgoh boʻlgan[1].




Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
  • Muhammad Nosiruddin Alboniy. Silsilatu-l-ahadisi-s-sahiha. — B. 179; IE. — B. 92.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Islom ensiklopediyasi. — b. 85.