Kontent qismiga oʻtish

Abulfazl Allomiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abulfazl Allomiy
Tavalludi
Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak

14-yanvar 1551-yil
Vafoti 12-avgust 1602-yil(1602-08-12)
(51 yoshda)
Fuqaroligi Boburiylar davlati
Qarindoshlari Abulbarakot Qodiriy (akasi)

Abulfazl Allomiy (toʻliq ismi: Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak; 1551-yil 14-yanvar – 1602-yil 12-avgust) – davlat arbobi, tarixchi va adib. Abulbarakot Qodiriyning ukasi[1].

Akbarning vaziri, bosh munshiysi va eng yaqin doʻsti. Uning „Akbarnoma“, „Oyini Akbariy“ („Akbarshoh qonunlari“) kabi yirik tarixiy asarlari Akbarga bagʻishlangan. „Mukotaboti Allomiy“ (boshqa nomi „Inshoyi Abulfazl“) asarida Akbarning 12 viloyat hokimlari, Buxoro xonligi, Eron shohlari va Turkiya sultonlari bilan yozishmalari jam 1ilingan. Bu maktublar boburiylarning qoʻshni Sharq mamlakatlari bilan boʻlgan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi. Abulfazl Allomiy tarjimon sifatida ham nom qoldirdi. U qadimiy hind faylasufi Pilpoyk asarlaridan ayrim parchalarni fors tiliga tarjima qilib, „Iyori donish“ („Bilim oʻlchovi“) nomi bilan bir kitobga jamladi. Abulfazl Allomiy 1603-yil Bundala qabilasining boshligʻi Singxa Devu tarafidan oʻldirilgan[2].

  1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. "Abulfazl Allomiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil