Abu Said maqbarasi
Qiyofa
Abu Said maqbarasi, Meona bobo maqbarasi – Turkmanistondagi meʼmoriy yodgorlik (XI asr oʻrtalari). Ruhoniy Abu Sayd Mayxoniy (Meona bobo, 1049-yil yil v.e.) qabri ustida qurilgan. Murabba tarhli (10,30×10,50 m), qoʻsh gumbazli. Devorlariga gʻishtlar bezakli qilib terilgan. Bosh tarzi peshtoqli. XIV asrda taʼmir qilinib, peshtoki va gumbazi koshin bilan qoplangan, shiftiga girih ishlangan, ichki devorlari ganch bilan suvalib, islimiy naqsh bilan pardozlangan. Devori yuqori tomon ensizlasha boradi. Poygumbazning tag qismi 12, yuqorisi 24 qirrali qilib gumbazga tutashtirilgan, bino tarzlariga ravoqlar ishlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Abu Said maqbarasi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |