Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ishoq ibn Ibrohim ibn Isroil al-Afraxshiy al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 914-yil (hijriy 301-yil)
Vafoti milodiy 995-yil (hijriy 384-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy (arabcha: أبو بكر أحمد الأفرخشي — Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ishoq ibn Ibrohim ibn Isroil al-Afraxshiy al-Buxoriy) — faqih.

Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy Buxoro ahllarining yo‘lboshchi-imomlaridan bo‘­lib, o‘z davrida al-Ismoiliy nisbasi bilan shuhrat qozongan.

Taʼlimi va hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy Abu Nuaym Abdulmalik al-Astrobodiy, Muhammad ibn Yusuf ibn Osim, Muhammad ibn Sobir ibn Kotib al-Buxoriy, Muhammad ibn Yusuf al-Farab­riy, Ahmad ibn Xolid ibn Xalil, Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Haris, Ahmad ibn Muhammad ibn Umar al-Munkadiriy, Saʼid ibn Ibrohim ibn Maʼqal hamda Xuroson va Iroqning boshqa olimlaridan taʼlim olgan. O‘z navbatida, olimdan Abu-l-Abbos Jaʼfar ibn Muhammad al-Mustag‘firiy hadis ting­lagan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Bakr Ahmad al-Afraxshiy 84 yoshida vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yoqut. Mu’jam. — Misr: „As-Saʼoda“, 1906. I, 299;
  2. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-jinon“, 1988. I, 196;
  3. Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 11-12.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.