Abu Amr al-Xaffof

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Amr Ahmad ibn Nasr ibn Ibrohim al-Xaffof an-Naysoburiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 834-yil (hijriy 219-yil)
Vafoti milodiy 912-yil (hijriy 299-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abu Amr al-Xaffof (arabcha: أبو عمرو الخفاف — Abu Amr Ahmad ibn Nasr ibn Ibrohim al-Xaffof an-Naysoburiy) — muhaddis.

Poyabzalchi“ maʼnosini anglatuvchi „al-Xaffoflaqabini nima sababdan olgani maʼlum emas. Abu Amr al-Xaffof avval tasavvufga qiziqqan. Keyinchalik, hadis ilmini o‘rganishni Nishopurda bosh­lagan. So‘ngra Bag‘dod, Kufa, Madina, Makka va boshqa ilm markazlariga safar qilib, Ishoq ibn Rohavayh, Amr ibn Zurora, Husayn ibn Zahhok, Abu Hammom as-Sakuniy, Muhammad ibn Rofeʼ, Muhammad ibn Ali ibn Shaqiq va boshqa olimlardan ilm o‘rganadi. Abu Amr al-Xaffof ibodatda mustahkam bo‘lib, o‘ttiz yildan ortiq vaqt uzluksiz ro‘za tutgani va merosxo‘ri bo‘lmagani bois, boyligini Alloh roziligi yo‘lida infoq-ehson qilgani naql qilinadi.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning o‘zidan Ibn ash-Sharqiy, Abu Abdulloh ibn al-Axram, Muhammad ibn Ahmad az-Zuhliy, Abu Saʼid al-Hiriy kabi muhaddislar hadisdan taʼlim olganlar. Tengdoshi buyuk muhaddis Muhammad ibn Ishoq as-Sarroj Abu Amr al-Xaffof kabi quvvai hofizasi kuchli kishini ko‘rmaganini maʼlum qilgan. Ibn Xuzayma ham uning hofizasi haqida „Xurosonda unga o‘xshashi yo‘q“, deb zikr qilgan. Shogirdi Abu Bakr as-Sibqiy esa ustozining yuz ming hadisni zikr qilishga quvvati yetishi xabarini bergan. Abu Amr al-Xaffof o‘z davrida katta obro‘ga ega bo‘lib, „zaynul-ashrof“ nomi bilan tanilgan. Mashhur hadis to‘p­lamlaridan „Al-­Mustadrak“ asari muallifi Imom al-Hokimning ko‘plab ustozlari Abu Amr al-Xaffofdan hadis eshitgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn al-Javziy. Al-Muntazam. VI, 110;
  2. Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. II, 654-656;
  3. Az-Zahabiy. Siyar. XIII, 560-563;
  4. Ibn al-Imod. Shazarāt az-zahab. II, 231-232;
  5. Ali Osman Ateş. „Ebû Amr el-Haffaf“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 97.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.