Abu Amr Bujayriy Xushufag'oniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Amr Bujayriy Xushufagʻoniy
Tavalludi

IX asr.
Samarqanddagi Ishtixon shahriga qarashli Xushufagʻon qishlogʻi.

roviy

Abu Amr Bujayriy Xushufagʻoniy (arabcha: أبو عمرو البجيري خوشوفغاني— Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Xushufagʻoniy Samarqandiy Bujayriy) — roviy.

Abu Amr Bujayriy Xushufagʻoniy IX asrda Xushufagʻon qishlogʻida tugʻilgan. Xushufagʻon — Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoning qadimiy Soʻgʻd viloyatiga qarashli Ishtixon va Kushoniya oʻrtasida joylashgan qishloq. Abu Amr Bujayriy Xushufagʻoniy muhaddis Abu Hafs Umar ibn Muhammad Bujayriyning akasidir.

Ustozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Amr Bujayriy hadis ilmi sir-asrorlarini Mavlo ibn Hoshim va Husayn ibn Asvad Kufiy va Muʼmil ibn Hishomlardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan[1].

Shogirdi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurrahmon ibn Fath Siroj Samarqandiy kabi allomalar hadis rivoyat qilganlar.

Rivoyat qilgan hadis[tahrir | manbasini tahrirlash]

Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayr: Bizga Muʼmil ibn Hishom hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Ismoil ibn Aʼliya, u esa Ayubdan, u esa Abu Qalobadan, u esa Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan hadis aytdi, — dedi. U: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordik, biz oʻsha vaqtda yosh zabardast yigit edik. U zotning huzurlarida (shariat arkonlarini oʻrganish uchun) yigirma kecha boʻldik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni oilamizga mushtoq boʻlgan deb oʻylab, ahlimizni qoldirib kelganlarimiz haqida soʻradilar, biz u zotning savollariga javob berdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofidagilarga mehribon doʻst edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: „Oilalaringizga qaytib boringlar, ularni (Islomga) buyuringlar, (dinni) oʻrgatinglar va mening namoz oʻqiganimni koʻrdingiz, xuddi shunday ularga namoz oʻqib beringlar. Namoz vaqti kirganda sizlardan biringiz azon aytsin va yoshi ulugʻingiz imomlikka oʻtib sizlarga namoz oʻqib bersin“, — dedilar", deb aytdi[2].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 42.
  2. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. 492.