Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud al-Iyloqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud al-Iyloqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy yil (hijriy yil)
Vafoti milodiy yil (hijriy yil)
Dini Islom

Abu Abdulloh al-Iyloqiy (arabcha: أبو عبد الله الإیلاقی — Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud al-Iyloqiy) — faqih.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Abdulloh al-Iyloqiy Xurosonda Hasan ibn Mas’uddan, Marvda ar-Ravz­dan, Nishopurda Muhammad ibn Yahyodan fiqh ilmidan saboq olgan. Chiroyli siyratli olim ko‘p xayrli ish qilar, kishilarning hojatlarini chiqarishga doimo moyil bo‘lgan. As-Sam’oniy o‘zining „al-Ansāb“ asarida Abu Abdulloh al-Iyloqiyni o‘zi bilan Marvga kelib, „al-Amidiyya“ madrasasida vafot etgunicha yashaganlarini hamda Abu Abdulloh al-Iyloqiydan hadis ilmidan taʼlim olganini aytib o‘tgan. Abu Abdulloh al-Iyloqiy rabi’ul-avval oyida vafot etgan va Sinjzonda Yusuf al-Hamadoniy hazirasiga dafn qilingan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. As-Sam’oniy. „Al-Muntaxab min mu’jam shuyӯx“. — Riyoz: 1417/1996. III, 1453-1454;
  2. Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 245.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.