Abram Brodskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abram Lvovich Brodskiy (1882—1943) — zoolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1936), biol. fanlari doktori (1937), professor (1919). Oʻrta Osiyo davlat universiteti rektori (1921—26), umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi mudiri (1920—43). Brodskiyning ilmiy ishlari protozoologiyaga bagʻishlangan. U tuprokda yashovchi organizmlarni tekshirish va ularning tuproq uchun ahamiyatiga doyr masalalar bilan ham shugʻullanib, Oʻrta Osiyoda pedozoologiya (tuproq hayvonlarini oʻrganuvchi fan)ning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil