Abdurrahmon ibn Hujayra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurrahmon ibn Hujayra
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 702-yil (hijriy 83-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi olim, qozi

Abdurrahmon ibn Hujayra (arabcha: عبد الرحمن بن حجیرة – Abu Abdulloh Abdurrahmon ibn Hujayra al-Xavloniy al-Misriy) – tobeʼin davri olimlaridan, Misr qozisi.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayoti haqida maʼlumotlar koʻp emas. An-Nasoiy, ad-Doraqutniy va Ibn Hibbon kabi munaqqidlar tomonidan siqa deb qabul qilingan Abdurrahmon ibn Hujayra fiqh ilmini ham chuqur bilgan. Bunga dalil sifatida Ibn Abbos oʻzidan fatvo soʻragan bir kishiga, „Orangizda Ibn Hujayra bor boʻla turib mendan soʻraysanmi?“ – deb javob qilgani naql qilinadi. Abdurrahmon ibn Hujayra sahobalardan Abu Zarr, Ibn Mas’ud, Abu Hurayra, Uqba ibn Amr va Abdulloh ibn Amr ibn Oslardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa oʻgʻli Abdulloh, Horis ibn Yazid al-Hazramiy, Abdulloh ibn Saʼlaba al-Hazramiy va boshqalar rivoyat qilganlar. Umaviylar davrida Misr voliysi Abdulaziz ibn Marvon tomonidan qozi etib tayinlangan. Xazina ishlarini bosh­qargan, shuningdek, vaʼz va irshod ishlari bilan ham mashgʻul boʻlgan Abdurrahmon ibn Hujayraning yiliga 1000 dinor maosh olganligi haqida maʼlumotlar bor.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hijriy 80 yoki 83-yillarda vafot etgani haqida ikkita rivoyat mavjud[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abu Umar al-Kindiy. Kitāb al-vulāt va kitāb al-quzāt. – Leiden: 1912. 314-320;
  • Ibn Kasir. Al-Bidāya. – Qohira: 1351-58/1932-39. IX, 51;
  • Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 160;
  • As-Suyutiy. Husn al-muhāzara. – Qohira: 1387/1967. I, 295; II, 137;
  • Fahreddin Atar. İslâm Adliye Teşkilatı. – Anqara: 1979. 107, 115, 126, 224.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.