Abdurrahmon ibn Gʻanm
Abdurrahmon ibn Gʻanm ibn Kurayz ibn Honiy al-Ash’ariy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 697-yil (hijriy 78-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tobeʼin, faqih |
Abdurrahmon ibn Gʻanm (arabcha: عبد الرحمن بن غنم — Abdurrahmon ibn Gʻanm ibn Kurayz ibn Honiy al-Ash’ariy,?, Yaman — 78/697,?) — tobeʼin, faqih.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Payg‘ambar hayotlik paytlarida tug‘ilgan. Asli yamanlik. Otasi sahobalardan bo‘lganligi haqida turli rivoyatlar bor. Muoz ibn Jabal Payg‘ambar tomonlaridan Yamanga yuborilganida (10/631-yil) unga hamrohlik qilgan va Muozning vafotiga qadar undan ayrilmasdan fiqh ilmini o‘rgangan. Shu bois „Sohibi Muoz“ (Muozning do‘sti) deb atalgan. Umar, Usmon, Ali, Abu Zarr, Abu Hurayra, Abu Dardo, Muoviya va boshqa ko‘plab sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Hadis rivoyatida siqa deb qabul qilingan Abdurrahmon ibn Gʻanmdan o‘g‘li Muhammad, Abu Idris al-Xavloniy, Makhul va Atiyya ibn Qays kabi ko‘plab tobeʼinlar rivoyat qilganlar. Ahmad ibn Hanbal ham „Musnad“da undan mursal hadislar rivoyat qilgan. Abdurrahmon ibn Gʻanm fiqhni o‘rgatish uchun Umar, ayrim manbalarda Usmon tomonidan Shomga yuborilgan. Bir muddat Falastinda bo‘lib, Marvon bilan birga 684-yilda Misrga safar qilgan. Uning nomi Falastin, ayniqsa, Shom atroflarida mashhur bo‘lgan. Manbalarda shomlik tobeʼin olimlarining barchasi undan fiqh ilmini o‘rganganlari zikr qilingan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 487;
- Az-Zahabiy. Siyar. IV, 45-46; As-Suyutiy. Husn al-muhāzara. — Qohira: 1387/1967. I, 217;
- Orhan Çeker. „Abdurrahman b. Ganm“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 162.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |