Abdurauf Qorjovov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
| Abdurauf Qorjovov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
21-sentyabr 1956-yil Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
| Vafoti |
7-may 2024-yil (67 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti |
| Mashhur sovrinlari |
|
Abdurauf Qorjovov (1956-yil 21-sentyabr, Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2024-yil 7-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, uzoq yillar mobaynida MTRKning „Axborot“ dasturida faoliyat olib borgan. 2020-yildan esa „Yangi Oʻzbekiston“ gazetasida ishlab kelgan. „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ (1994-yil) unvoniga hamda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurauf Qorjovov 1956-yil 21-sentyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida tavallud topgan. 1981-yil Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992—2019-yillar mobaynida Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida muxbir, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor oʻrinbosari, „Oʻzbekiston 24“ teleradiokanali bosh muharriri kabi turli lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab „Oʻzbekiston ovozi“ („Sovet Oʻzbekistoni“) gazetasida musahhih, keyinroq muxbirlikdan boshlagan[2]. 1994-yilda „Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoniga hamda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni taqdirlangan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurauf Qorjovov 2024-yil 7-may kuni 68 yoshida vafot etgan[3][4][5].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan jurnalist“ (1994-yil)
- „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi“ (platina.uz). 2024-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyul.
- ↑ uz, Kun „Jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 7-may.
- ↑ „Taniqli jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi“ (uz-UZ). www.xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 7-may.
- ↑ „Журналист Абдурауф Қоржовов 68 ёшда вафот этди“ (gazeta.uz). 2024-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyul.
- ↑ „Taniqli jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi“ (xabar.uz). 2024-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyul.
| Jurnalist haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |