Abdulqohir al-Bag‘dodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Mansur Abdulqohir ibn Tohir ibn Muhammad at-Tamimiy al-Bag‘dodiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1037-yil (hijriy 429-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi shofeʼiy faqihi, matematik

Abdulqohir al-Bag‘dodiy (arabcha: عبد القاهر البغدادی — Abu Mansur Abdulqohir ibn Tohir ibn Muhammad at-Tamimiy al-Bag‘dodiy,?, Bag‘dod — 429/1037, Isfaroyin) — shofeʼiy faqihi, matematik.

Tavallud sanasi maʼlum emas, ammo 365/975-yilda vafot etgan Abu Bakr ibn Adiydan taʼlim olgani haqidagi maʼlumotlarga ko‘ra, 350/961-yillarda tug‘ilganini taxmin qilsa bo‘ladi.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulqohir al-Bag‘dodiy ilk saboqlarini Bag‘dod faqihlaridan biri bo‘lgan otasidan olgan. Tahsilining katta qismini Bag‘dodda Amr ibn Saʼid, Muhammad ibn Jaʼfar, Abu Bakr al-Ismoiliy va Abu Bakr ibn Adiy kabi olimlardan oladi. Keyinchalik otasi bilan Nishopurga ko‘chib, ilmini o‘sha yerda davom ettirish bilan birga mudarrislik ham qilgan. U yerda Abdulqohir al-Bag‘dodiy bilan shaxsan uchrashganini qayd etgan Ibn Furak bilan ko‘rishadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko‘p o‘tmay, otasi vafot etadi (383/993-yil). Turkman isyonining chiqishi va saljuqiylarning Nishopurni ishg‘ol qilishi natijasida bu yerni tark etib, Isfaroyinga ko‘chib o‘tadi va Abu Ishoq al-Isfaroiyniyning darslariga qatnaydi. Ustozining vafotidan keyin uning o‘rniga o‘tib, Masjidi Uqayldagi ilm darslarini davom ettiradi. Abdulqohir al-Bag‘dodiyning o‘n yetti ilmdan dars bergani naql qilingan. Xususan, kalom, mazhablar tarixi, fiqh va usul al-fiqh, adabiyot va matematikada ustoz sifatida qabul qilingan. Hatto Faxruddin ar-Roziy ham uni matematikada ustun ekanligini eʼtirof qilgan. Abu-l-Qosim al-Qurashiy va Abu Bakr al-Bayhaqiy singari Xuroson olimlarining ko‘plariga ustozlik qilgan. Islom ilmlari tarixidagi shuhratiga ko‘proq „Al-Farq bayna-l-firaq“ va „Usӯl ad-dӣn“ nomli kitoblari orqali erishgan. Asarlarida ash’ariy kalom olimlarining ahli sunna aqidasini ochiq uslubda va o‘ziga xos tasnif etishi, ayniqsa, muxoliflariga qarshi ahli sunnani izchil himoya qilishi diqqatga sazovordir[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Al-Bag‘dodiy. Al-Farq. — Qohira: 230, 277, 334, 364;
  2. Al-Xatib. Tarӣx Bag‘dād. — Qohira: 1931. IX, 358;
  3. Ibn Asokir. Tabyӣn kazib al-muftarӣ. — Damashq: 1347. 253-254;
  4. Az-Zahabiy. Si­yar. XVII, 572;
  5. Ibn Xallikon. Vafayāt. — Qohira: 1367. II, 372-373;
  6. As-Subkiy. Tabaqāt ash-shāfi’iyya. — Qohira: 1324. III, 238-242;
  7. Toshko‘prizoda. Miftāh as-saʼāda. — Qohira: 1968. II, 325;
  8. Hoji Xalifa. Kashf az-zunӯn. I, 254, 335, 360, 398, 441, 462, 471; II, 1039, 1046, 1245, 1252, 1274, 1384, 1392, 1400, 1418, 1432, 1769, 1820, 1839, 1921, 1970;
  9. Brockelmann. GAL. I, 385;
  10. Suppl. I, 666-667;
  11. Sezgin. GAS. I, 589; V, 357;
  12. G. Sarton. Introduction. — New York: 1975. I, 706-707;
  13. A. S. Tritton. „al-Baghdadi“. EI2 (İng.). I, 909;
  14. Ethem Runi Fığlalı. „Abdülkâhir el-Bağdâdî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 245-247.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.