Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulqodir ibn Muhammad ibn Ahmad al-Fayyumiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1613-yil (hijriy 1022-yil)
Dini Islom

Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiy (arabvha: عبد القادر بن محمد الفیّومی — Abdulqodir ibn Muhammad ibn Ahmad al-Fayyumiy,?, Misr — 1022/1613, Qohira) — shofeʼiy faqihi, matematik va astronom.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayoti haqida batafsil maʼlumotlar uchramaydi. Misrning Fayyum shahrida tavallud topgan. Dastavval, qohiralik olim Shamsuddin ar-Ramliydan shofeʼiy mazhabi fiqhidan taʼlim olgan. Keyinchalik Shihobuddin Ahmad ibn Ahmad as-Sunbatiy, Abu-n-Najo Salim as-Sanhuriy va Solih ibn Ahmad al-Bulqiniy kabi ulamolardan dars oladi. Sayyid Sharif at-Tahhondan matematika fanini o‘rganadi. U hadis, fiqh, faroiz hamda matematika, astronomiya, ilmi miyqot kabi ilmlarda olimlik darajasiga yetgan. Shuningdek, musiqa bilan ham shug‘ullangan. Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiyning tasavvufga ham aloqasi bo‘lgan. Solih ibn Ahmad al-Bulqiniydan qutb kim ekani so‘ralganda, u „qutbni ko‘rishni istagan Abdulqodirga boqsin“ deb ayt­gan. Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiyning o‘g‘li Abdulbar o‘z davrining buyuk adiblaridan biri hisoblanadi.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiy o‘z fatvolari bilan xalqni to‘g‘rilikka boshlagan, shu bilan bir qatorda fiqh, tasavvuf, arab adabiyoti, astronomiya, matematikaga oid turli sohalarda ko‘p sonli asarlar yozib qoldirgan hamda ko‘plab shogirdlar yetishtirgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jadāvil maxlӯl matāli’ al-falakiyya“;
  • Jadāvil ixtilāf manzar al-qamar“;
  • Nazm al-javāhir va-l-yavāqӣt“;
  • Sharh murshida at-tālib“;
  • Al-Maqāmāt al-­badi’iyya fӣ vasf jamāl al-maʼālim al-Makkiyya“;
  • Raf’ al-xilāf“;
  • Sharh nuzha an-nuzzār“.

Manbalarda shuning­dek, Abdulqodir ibn Muhammad al-Fayyumiyning „Sharh al-minhāj“, „Ar-Ravz al-muhazzab“, „Sharh al-manzӯ­ma ar-rahabiyya“ nomli asarlari, Ibn al-Hoimning algeb­raga oid „Al-Muqni’“ nomli kitobiga yozgan sharhi borligi zikr qilingan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Al-Muhibbiy. Xulāsa al-asar. II, 291-298, 456-457;
  2. Suter. Die Mathematiker. 171, 193-194;
  3. Hadiyya al-’ārifӣn. I, 600;
  4. Ӣzāh al-maknӯn. I, 590; II, 181, 185, 547, 638, 643;
  5. Brockelmann. GAL. Suppl., II, 486;
  6. Az-Zirikliy. Al-Aʼlām. — Bayrut: „Dor al-­’ilm li-l-maloyin“, 1979; IV, 168;
  7. Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. V, 298;
  8. D. A. King. Fihris al-maxtӯtāt al-’ilmiyya al-mahfӯzāt bi-dār al-kutub al-Misriyya. — Qohira: 1986. II, 911;
  9. Salim Öğüt. „Feyyûmî, Abdülkādir b. Muhammed“. TDV İA. — İstanbul: 1995. XII, 515-516.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.