Abdulloh ibn as-Soib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn as-Soib
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 689–690-yil (hijriy 70-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

Abdulloh ibn as-Soib (arabcha: عبد الله بن السائب – Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn as-Soib ibn Abu-s-Soib as-Sayfiy al-Maxzumiy al-Makkiy) – sahoba.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn as-Soib yoshligida paygʻambarni koʻrgan sahobalardan. Otasi Soib johiliyat davrida tijorat bilan shugʻullangan, bu ishda risolatdan oldin rasulullohning hamkorlaridan boʻlgan. Abdulloh ibn as-Soib qiroatni arz yoʻli bilan Ubay ibn Kaʼb va Umardan oʻrgangan.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ubay ibn Kaʼbdan hadis rivoyat qilgan. Undan Mujohid va qiroat imomlaridan Ibn Kasir tahsil olgan. Abdulloh ibn as-Soibdan Ibn Abu Mulayka, Ato, Muhammad ibn Abdurrahmon al-Maxzumiy, oʻgʻli Muhammad ibn Abdulloh, qizining oʻgʻli Muhammad ibn Ibod ibn Jaʼfarlar hadis rivoyat etganlar. Qiroat ilmida bilimdon boʻlgani bois nisbasiga "al-Qoriy" qoʻshib aytilgan. Makkaliklar „bizdan chiqqan qori“, deb u bilan faxrlanganlar. Abdulloh ibn as-Soib rivoyat etgan hadislar „Kutubi sitta“ va Ahmad ibn Hanbalning „Musnad“idan oʻrin olgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Zubayrning xalifalik davrida vafot etgan. Janozasini Ibn Abbos oʻqigani va qabri ustida turib uning haqqiga duo qilgani xabarlarda keltirilgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1968. V, 445;
  • Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1970-73. III, 254-255;
  • Az-Zahabiy. Maʼrifa al-qurrā. – Bayrut: 1984. I, 47-48;
  • Ibn al-Jazariy. Gʻāya an-nihāya. – Qohira: 1932-33. I, 419-420;
  • Ibn Hajar al-Asqaloniy. Al-Isāba. – Qohira: 1328. II, 314;
  • Ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzӣb at-tahzӣb. V, 229;
  • As-Suyu­tiy. Al-Itqān. – Qohira: 1967. II, 204;
  • İsmail Karaçam. „Abdullah b. Sâib“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 131;

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://quran.uz/qiroat/imomlar-va-roviylar/564-qorilar;
  2. http://www.sahaba.rasoolona.com/Sahaby/2863[sayt ishlamaydi];
  3. http://muslim.uz/index.php/rukn/quran/item/4231.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.