Abdulloh ibn Suhayl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Suhayl Abdulloh ibn Suhayl ibn Amr al-Omiriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 595-yil
Vafoti milodiy 633-yil (hijriy 12-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

Abdulloh ibn Suhayl (arabcha: عبد الله بن سهيل — Abu Suhayl Abdulloh ibn Suhayl ibn Amr al-Omiriy, taxminan 595-yil,? — 12/633, Shom) — sahoba.

Musulmonlikni qabul qilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Abu Jahlning ukasi. Makkada Islomni qabul qilgan. Ibn Ishoq va al-Voqidiyning qavllariga ko‘ra, hijriy II asrda Habashistonga hijrat qilgunga qadar otasidan yashirgan. Abdulloh ibn Suhayl Habashistondan qaytgach, otasi yana qaytadan eski diniga kirishga uni majburlagan. Shunda u o‘zini Islomdan qaytgandek tutadi. Abdulloh ibn Suhayl Badr jangida mushriklar safida jangga chiqadi. Otasi o‘z o‘g‘li eski diniga qaytgan, deb qattiq ishonar edi. Biroq musulmonlar bilan to‘qnash kelgan vaqtda Abdulloh ibn Suhayl musulmonlar tarafiga o‘tadi va mushriklarga qarshi jang qiladi. Manbalarda o‘sha vaqtda uning yoshi yigirma yettida bo‘lgani aytiladi. Bundan tashqari u Uhud, Xandaq, Xaybar g‘azotlarida ham qatnashgan.

Otasining musulmonlikni qabul qilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makka fathi kuni Suhayl ibn Amr asir olinib, o‘limga hukm qilinadi. Shunda Abdulloh ibn Suhayl Rasulullohdan otasini afv etishini so‘raydi. Ul Zot mushrik otani kechiradilar. Keyinchalik, Suhayl ibn Amr o‘g‘lining daʼvati bilan musulmon bo‘ladi va sahobalar qatoriga qo‘shiladi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Suhayl Abu Bakrning xalifalik davrini ko‘rgan. Ulug‘ sahoba o‘ttiz sakkiz yoshida Yamoma jangida jasorat ko‘rsatib, shahid bo‘lgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Ishoq. As-Sӣra. — Rabot: 1967. 207;
  2. Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. I, 106-107, 341;
  3. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 271;
  4. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 322-323;
  5. İsmail L. Çakan. „Abdullah b. Süheyl“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 136;
  6. 101 ulug‘ sahobiy. — T.: „Toshkent Islom universiteti“ nashriyot-matbaa birlashmasi, 2018. 102.
  7. Imom Hofiz Ahmad ibn Aliy ibn Hajar Asqaloniy. Al-isoba fi tamyizi as-sahoba. -Bayrut: Darul kutubul ilmiyya, 1995.J.4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.