Abdulloh ibn Ali al-Kissiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Ali al-Kissiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1119-yil (hijriy 512-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Abdulloh ibn Ali al-Kissiy (arabcha: عبد الله بن علي الكسي – Abdulloh ibn Ali ibn Ahmad ibn Amiyrak al-Kissiy) – roviy.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Ali al-Kissiy imom Abdulmajid ibn Yunus ibn Yusufdan hadislar rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Ali al-Kissiy, asosan, Samarqandda istiqomat qilgan va shu yerda vafot etgan[1]. Alloma saxiylik borasida tanilgan va bu borada quyi­dagi hadisni rivoyat qilgan: „Anas: „Rasululloh „Kimki och kishiga taom bersa yoki bir kishini ki­yim bilan taʼminlasa yoxud musofir kishiga boshpana bersa, Alloh taolo uni qiyomat kunining dahshatlaridan xalos etadi“ – dedi“.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sh. Umarov. Oʻrta asrlarda yashagan keshlik allomalar. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2014. 76;
  • Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 191.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmuddin an-Nasafiy. Samarqandiya. T.: «O‘zME DIN», 2001 — 84 bet.