Abdulloh at-Tahmoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh at-Tahmoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 919-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Ровий

Abdulloh at-Tahmoniy (arabcha: عبدالله الطهمانى — Abu Abdurrahmon) Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Surayj ibn Hajar ibn al-Fazl ibn Tahmon ash-Shayboniy at-Tahmoniy) — Roviy.

Abdulloh at-Tahmoniy IX asr oʻrtalarida Buxoroda tugʻilgan. Tahmon ismli katta bobosiga nisbat berilib, xalq orasida "Tahmoniy" nisbasi bilan tanilgan. U boshlangʻich taʼlimni Boxoroda olgan. Keyinchalik ilm taʼlabida Iroq, Hijoz, Misr shaharlari va Xuroson, Shom, Jazoir oʻlkalariga safar qilgan. Manbalarda u adolat va haqiqat parvar inson boʻlgani, koʻplab kitoblar tasnif qilgani va bir qancha muhaddislardan hadislar tingab, rivoyat qilgani qayd etilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh at-Tahmoniy 307/919 yili vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.4. — Bayrut. Doru-l-fikr, 1998. 88.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.