Abdulgʻaniy al-Azdiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Muhammad Abdulg‘aniy ibn Sa’id al-Azdiy al-Misriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 943-yil (hijriy 332-yil)
Vafoti milodiy 1018-yil (hijriy 409-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abdulgʻaniy al-Azdiy (arabcha: عبد الغني الأزدي —Abu Muhammad Abdulg‘aniy ibn Saʼid al-Azdiy al-Misriy,332/943 — Qohira — 409/1018) — muhaddis.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

To‘liq ismi Abdulg‘aniy ibn Saʼid ibn Ali al-Azdiy bo‘lib, Abu Muhammad kunyasi bilan mashhur bo‘lgan. Katta ustozi Usmon ibn Muhammad as-Samarqandiy hisoblanadi. Shunindek, Abu Bakr al-Mayo­najiy va Imom ad-Doraqutniy kabi allomalardan ham hadis o‘rgangan. Hadis ilmini mukammal egallash maqsadida turli o‘lkalarga safar qiladi. Uzoq davom etgan safarlaridan so‘ng Misrga qaytadi va zamonasining peshvo hadis hofizlari qatoridan joy oladi.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha ulamolar Abdulgʻaniy al-Azdiyning siqaligini qabul qilishgan. Shu bilan birga, u nasabshunos olim ham bo‘lgan. Undan Abu Abdulloh al-Quzoiy, Abdurrahim Ahmad ibn al-Buxoriy va Abu Ali al-Ahvoziy singari allomalar hadis rivoyat qilganlar. Ibn Abdulbar ham undan ijozat usulida hadis o‘rgangan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Al-Mu’talif va-l-muxtalif fӣ asmā ar-rijāl“. Ism, laqab va nisbatlarining yozilishi bir xil, o‘qilishi har xil bo‘lgan roviylar haqida yozilgan ushbu asarning boshqacha shakllari ham bor;
  • Mushtabih an-nisba“. „Ishtibāh an-nisba“ va „Al-Mushtabih fi-n-nisba“ deb ham nomlangan, yozilishi bir xil, o‘qilishi va nisbatining maʼnolari turlicha bo‘lgan roviylar haqidagi ushbu asarning bir qancha qo‘lyozma nusxalari mavjud. Asar „Al-Mu’talif va-l-muxtalif“ asari bilan bir jildda nashr qilingan.
  • Kitāb al-g‘avāmiz va-l-mubhamāt“. Mazkur asarda hadis sanadi va matnlarida „rajulun, ibnu fulon yoki bintu fulon“, deb ismlari mavhum tarzda kelgan roviylar surishtirilib, ularning kimligini aniqlashga harakat qilingan.
  • Ӣzāh al-ishkāl fi-r-ruvāt“. Yuqorida nomlari zikr qilingan asarlar singari bu asar ham hadis roviylarining ismlari haqida. Asarning ikki nusxasi mavjud bo‘lib, biri Haydar­obod Osofiyya kutubxonasida, ikkinchisi Haydar­obod Sa’idiyya kutubxonasida saqlanadi.
  • Kashf al-avhām“. Abdulgʻaniy al-Azdiy mazkur asarida al-Hakim an-Naysoburiyning „Al-Mad­xal“ nomli kitobida yo‘l qo‘ygan baʼzi xatolarini tuzatgan. U asarni tamomlagach, al-Hakimga yuboradi. U esa, xatolarini tuzatgani uchun Abdulgʻaniy al-Azdiyga minnatdorchilik bildiradi. Asarning qo‘lyozmalari To‘pqopi saroyi muzeyi (Ahmad III. inv. raqam 624/14) va Bag‘dod avqof (inv. raqam 2886/6) kutubxonalarida saqlanadi.
  • Kitāb al-mutavārӣn“. Hajjoj ibn Yusufning zulmidan omon qolish uchun yashirinib olgan ulamolar haqida yozilgan asar. Asarning yagona qo‘lyozma nusxasi az-Zohiriyya kutubxonasida saqlanadi (Majmua, inv. raqam 71/2). Ushbu risola Muhammad Ol Yosin tomonidan nashr qilingan.
  • Ar-Rubā’iyyāt fi-l-hadӣs“. Qo‘lyoz­malari Boyazid davlat (Fayzulloh Afandi, inv. raqam 261/3) va Bag‘dod avqof (inv. raqam 2886/3) kutubxonasida saqlanadi.
  • Al-Favāid al-muntaqāt ’an ash-shu­yӯx as-siqāt“. Asar qo‘lyozmalari al-Azhar (I, 576, Majmua, inv. raqam 305) va Bag‘dod avqof (inv. raqam 2286/4) kutubxonasida saqlanadi[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Xallikon. Vafayāt. — Bayrut: 1968-72. III, 223- 224;
  2. Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. — Haydarobod: 1955-57. III, 1047-1049;
  3. As-Suyutiy. Husn al-muhāzara. — Qohira: 1967. I, 353;
  4. Ibn al-­Imod. Shazarāt az-zahab. III, 188-189;
  5. Sezgin. GAS. I, 223-225;
  6. Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. — Damashq: 1957-61. V, 273-274;
  7. Talȃt Koçyiğit. „Abdülgani el-Ezdi“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 205.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.